Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi»da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida joriy yilning 21-23 noyabr kunlari «Global hamkorlik-barqaror taraqqiyot sharti va kafolati» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman dasturiga ko‘ra 22 noyabr kuni «O‘zbekiston» mehmonxonasi anjumanlar saroyida plenar yig‘ilishi tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbarlari, mas'ul xodimlari va 8 ta xorijiy davlatdan (Germaniya, Fransiya, Polsha, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) tashrif buyurgan 30 dan ortiq mutaxassislar va olimlar ishtirok etishdi.
Anjuman doirasida YuNeSKO vakili, fransuz olimi Albert Fishler ishtirokida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti olimlari bilan «Ilm va ta'limda innovatsiya» mavzusida seminar-trening tashkil etildi hamda anjuman davomida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Belorussiya davlat transport universiteti bilan professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Xalqaro ilmiy-texnik anjumanida 22-23 noyabr kunlari quyidagi sho‘'balar faoliyat olib bordi:
1-sho‘ba.Transport-texnologik mashinalar ekspluatatsiyasi, transport tizimlari sifati va samaradorligini oshirish istiqbollari.
2-sho‘ba. Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, transport tonnellarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasining zamonaviy texnologiyalari.
3-sho‘ba. Barqaror taraqqiyot omillarining globallashuvi: ta'lim, tarbiya, siyosat, iqtisod, ijtimoiy hayot.
4-sho‘ba. Raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llanilish istiqbollari.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Jilovlanmayotgan” jinoyat: soddalik chegarasi va pixini yorgan firibgarlar
Jamiyat | 18:16
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
Mavzuga oid

13:01 / 04.03.2023
“Kadrlar almashmaguncha yo‘llarimiz yaxshilanmaydi” – mustaqil tadqiqotchi

20:31 / 12.12.2021
Odamlar o‘limiga sabab bo‘layotgan yuqori tezlik va keng yo‘llar: muammo yechimi nimada?

16:48 / 27.05.2021
Toshkentda COVID-19’ga qarshi kurashga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

21:09 / 25.05.2020