Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda respublikadagi eng katta avtomobil bozori ochildi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yangi avtomobil bozori ochildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri voqea joyidan xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Ushbu bozor hududiga kirgan har bir avtomobil elektron kamera orqali hisobga olinadi. Bunda mashina qancha vaqt ichida sotilgani hamda qancha muddat turgani, narxlari tablolarda ko‘rsatib boriladi.
Tadbirda ta'kidlanishicha, eski avtomobil bozori Andijon shahar, Bog‘ishamol dahasida joylashgan edi. Bozorning umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etib, shundan, 2 gektar maydonida 400 ga yaqin savdo do‘konlari xizmat ko‘rsatar, avtomobil sotish maydoni esa atigi 80 sotixni tashkil etgan. Bu esa, o‘z navbatida, 600 ta transport vositalari savdosini tashkil etish imkonini bergan.
Qariyb 1000 ga yaqin transport vositalari esa ko‘cha savdosiga chiqib, sun'iy tirbandliklarni keltirib chiqarar, shuningdek, katta halqa yo‘lidagi yo‘lovchilarga, ayniqsa, hududda yashovchi aholiga noqulayliklarni tug‘dirardi.
O‘z navbatida, ko‘cha savdosi - bozor tushumiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazib, savdo kunida 14 million so‘m, bir yilda esa 1,5 milliarddan ortiq tushumni viloyat budjetiga tushishiga to‘sqinlik qilgan.
Xo‘jaobod tumanidagi yangi avtomobil bozori yer maydoni va quvvati jihatidan respublikadagi eng katta avtomobil bozori hisoblanib, umumiy maydoni 8 gektarni (eski bozordan 10 barobar katta), shundan avtomobil sotish maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Bozor bir vaqtning o‘zida keng va qulay sharoitda 4 mingdan ortiq avtomobillarni qamrab olish quvvatiga ega.
Mazkur majmuada 20 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, 150 ta zamonaviy savdo do‘konlari barpo etildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01 / 24.07.2025
Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025