Alisher Sa'dullayev BMT minbarida so‘zga chiqdi

Jamiyat 11:58 / 09.04.2019 19296

Ayni kunlarda O‘zbekiston yoshlari delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida bo‘lib turibdi. 

Bu yerda davlat rahbari tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surilgan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusiga bag‘ishlangan muhokama tashkil etildi. 

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev so‘zga chiqib, O‘zbekistonning yoshlar siyosatidagi pozitsiyasi, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida BMT minbarida turib gapirdi. 

Shundan so‘ng, mamlakat delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Germaniya kabi bir qator davlatlar delegatsiyalari bilan ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi. 

Bugun mazkur mamlakatlar yoshlar tashkilotlari bilan O‘zbekiston yoshlari ittifoqi o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, delegatsiya Irlandiya, Portugaliya, Avstriya, Norvegiya, Daniya kabi davlatlar bilan muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: