Rossiyada O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi qamaldi

Jahon 12:47 / 23.02.2019 28792

Moskva okrug harbiy sudi Nijniy Novgorodda terrorchilik tashkilotida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rgani uchun O‘zbekistonning uch fuqarosini 19 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

IShIDga sodiqlik keltirgan Dilshodbek Yo‘ldoshev va Azamatjon O‘rinov olti yilga qamaldi, uchinchi ayblanuvchi Adisxon Husanov esa yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Avvalroq ular terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etishda ayblangan. 22 fevral kuni sud ayblovni yumshatdi.

Bu shaxslarning aybdorligi dalili sifatida mobil telefonlar videoyozuvlari keltirilgan, unda ular IShID bayrog‘i fonida uning yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga sodiqlik keltirishgan va xalifalikni qo‘llab-quvvatlashga chaqirishgan. 

Sudlanuvchilarning ma'lum qilishicha, sodiqlik keltirish ma'nosini anglashmagan va buni FXXning Ulug‘bek ismli provakatori tomonidan taklif etilgan pul evaziga qilishgan. 

Ko'proq yangiliklar: