OAV: Suriyada terrorchilar guruhi kurd otryadlariga taslim bo‘lishdan bosh tortdi

Jahon 22:03 / 16.02.2019 9004

Dayr-az-Zor viloyatida IShID terrorchi guruhi tarkibida jang qilayotgan xorijlik yollanma jangarilar kurd bo‘linmalariga taslim bo‘lishdan bosh tortdi. Bu haqda “Demokratik Suriya kuchlari” koalitsiyasi qo‘mondonligi vakili Jiya Furatga asoslanib Firat agentligi xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilarning kichik guruhi Iroq bilan chegaradagi Al-Bag‘uz aholi maskani shimolida 600-700 kvadrat metr hududni nazorat qilib turibdi.

“Ularning qo‘lida tinch aholi asirlikda bo‘lishi mumkin. Shu bois jangchilarimiz bu odamlar jabrlanmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda”, degan kurdlar qo‘mondoni.

Avvalroq “Demokratik Suriya kuchlari” AQSh harbiylari ko‘magida Al-Bag‘uz aholi maskanini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi. Al Hadath telekanalining bildirishicha, u yerda bo‘lgan 600ga yaqin jangari taslim bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: