Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odamlarga yoqishingizda yordam beradigan 10ta psixologik maslahat

Foto: Lifehacker
Olimlar bizdagi qaysi jihatlar odamlarni bizga jalb etishi va bu bilimlarni hayotda qanday qo‘llash haqida gapirib berishdi.
- Suhbatdoshingiz xulq-atvoridagi jihatlardan nusxa oling
Muloqot vaqtida suhbatdoshingiz harakatlarini takrorlaydigan imo-ishoralardan foydalaning. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday xulq-atvor simpatiya paydo bo‘lishini tezlashtiradi.
- Munosabat o‘rnatmoqchi bo‘lgan odamingiz bilan ko‘proq vaqtingizni birga o‘tkazing
Tanishlarimizning bizga yoqib qolish ehtimoli katta. Ruhshunoslar tadqiqot o‘tkazishdi: talabalar tanimaydigan to‘rt nafar qiz universitetdagi mashg‘ulotlarga kelishardi. Ba’zilari darsga tez-tez, boshqalari esa juda kam qatnardi. Keyin talabalarga qizlarning suratlari ko‘rsatildi va qaysilari ularga yoqishini so‘rashdi. Ma’lum bo‘ldiki, mashg‘ulotlarga ko‘p qatnaganlari «ularning ko‘ngliga o‘tirgan». Axir aytishadi-ku, «Mehr ko‘zda» deb.
- Suhbatdoshingizni maqtang
Odamlar ularga maqtov aytish vaqtida qo‘llagan sifatlarni sizning shaxsiy xarakteringizning bir jihati sifatida qaraydilar. Bunday holat sifatlarning kutilmaganda berilishi deb ataladi. U aksincha ham ishlaydi: agar biror kishi haqida doimiy ravishda salbiy fikr bildirsangiz, u haqida aytayotganlaringizni sizga tegishli deb hisoblaydilar.
- Ijobiy hislarni namoyish eting
Atrofdagilarning kayfiyati bizga qattiq ta’sir qiladi. Ko‘pincha ongsiz ravishda suhbatdoshimizning hislarini boshdan o‘tkazamiz. Yoqimli taassurot uyg‘otish uchun ijobiylikni namoyish eting.
- Ideal bo‘lib ko‘rinmaslikdan cho‘chimang
Biror kamchilik va xatoga yo‘l qo‘yganingizda, odamlarga xos bo‘lgan hislar sizga ham begona emasligini ko‘rsatasiz. Olimlar xatolar simpatiyaga qanday ta’sir qilishi ustida tadqiqot olib borishdi. Tadqiqot qatnashchilari viktorina yozuvini tinglashdi. Kimdir savollarga javob berib, viktorina so‘ngida qahvasini to‘kib yuborsa, mana shu ishtirokchi ideal qatnashchiga qaraganda qolganlarda ijobiy taassurot uyg‘otgan.
- Diqqatni umumiy jihatlarga qarating
Biz o‘zimizga o‘xshagan odamlarga intilamiz. Bu o‘xshashlikka qarab intilish effekti deyiladi. Ayniqsa, biz bilan umumiy jihatlari mavjud bo‘lganlar bizga ayniqsa juda yoqadi.
- Suhbatdoshingizni o‘zini qanday qabul qilishlarini istasa, shunday munosabatda bo‘ling
Odamlar o‘zlarini qanday ko‘rishsa, boshqalar ham shunday qabul qilishini istaydilar. Agar odamning biz haqimizdagi tasavvuri shaxsiy fikrlarimizga mos kelsa, munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanadi. Bizni tushunayotganlarini anglaymiz, bu esa ishonch o‘rnatish uchun zarur.
- Shaxsiy fikrlar bilan bo‘lishing
Bu munosabatlarni o‘rnatish va odam haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga yordam beradi. Umumiy mavzulardan boshlang (har ikkingiz yaqinda tomosha qilgan film) va imkon qadar shaxsiy mavzularga o‘ting. Keyin o‘zingiz haqingizdagi sirli narsa haqida aytib bering. Ana o‘shanda yaqinlik hissi paydo bo‘ladi, suhbatdoshingizning sizga kelajakda ishonishi oson bo‘ladi.
- Suhbatdoshingizga o‘zi haqida gapirish imkoniyatini bering
Harvard universiteti tadqiqotchilari o‘zimiz haqimizda gapirganda zavqlanish hissini boshdan kechirishimizni aniqladilar. Shuning uchun suhbatdoshingizga o‘zi haqida gapirishga imkon bering. Ana shunday qilsangiz, uning xotirasida suhbatingiz to‘g‘risida yoqimli hislar qoladi.
- O‘zingizni suhbatdoshingiz sizga yoqadigandek tuting
Suhbatdoshimiz bizga yaxshi munosabatda ekanini his qilsak, o‘zimiz ham uni yoqtirishni boshlaymiz. Bu hodisa javob tarzda qaytariladigan simpatiya deyiladi.
Suhbatdoshingiz sizga nisbatan qanday munosabatda ekaniga ishonchingiz hosil bo‘lmasa, o‘zingizni u sizga yoqadigandek tuting.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda
Jahon | 09:54
-
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
Avto | 09:21
-
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi
Jahon | 09:09
-
Kouzon corporations O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

20:55 / 22.07.2025
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

07:39 / 19.03.2025
Ajrashgan juftliklarga hissiyotlarni unutish uchun 8 yil kerak - olimlar

21:06 / 16.12.2024