O‘zbekiston Eron neft-kimyo kompleksiga sarmoya kiritishga tayyor

Iqtisodiyot 09:56 / 27.11.2017 15534

Eron Milliy neft-kimyo kompaniyasi rahbari Said Rizo Navro‘z-Zodaning xabar berishicha, O‘zbekiston Eronning Fors ko‘rfazi atrofidagi neft-kimyo korxonalarida ulushga ega bo‘lmoqchi.

"O‘zbekiston gaz resurslariga boy, biroq mamlakat sarmoyalarga [neft-kimyo loyihalarida] ochiq, ko‘p gaz va xalqaro suvlarga chiqish imkoni bor", - deya aytib o‘tgan Said Rizo Navro‘z-Zoda, deb xabar bermoqda Shana nashri.

O‘zbekistonning Eron neft sanoatiga ehtimoliy investitsiyalari o‘tgan hafta Eron neft vaziri Bijan Namdor Zangane va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilingan.

"NPC va O‘zbekiston hukumati vakillari, ayni damda, Eronda neft-kimyoga investitsiyalar kiritish imkoniyatini baholash niyatida", - deya aytib o‘tgan Navro‘z-Zoda.

O‘zbekiston metanol-olefinlar bo‘yicha loyihalardan manfaatdor. Olefinlar – bu gulqog‘ozlar, gilam qoplamalari, yo‘g‘on arqonlar va avtomobil ichki qismida qo‘llaniladigan asosiy xomashyodir, deb yozmoqda Iran.ru.

Shuningdek, Tehron va Toshkent O‘zbekistonga Eron neftini yuborish masalasini ham muhokama qilishgan. Biroq muzokaralar, xabar qilinishicha, boshlang‘ich bosqichda turibdi, deb ma'lum qilgan Financial Tribune.

Ko‘proq yangiliklar: