Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozoda Nursaidova o‘zida o‘tkazilgan operatsiyadan keyin kuylashda muammoga duch kelayotganini bildirib o‘tdi
1 iyun kuni "Faxrli inson" loyihasining 3 yillik bayrami tadbiri o‘tkazildi va leykoz bilan og‘riganlarga qon topshirgan hamda moddiy xayriya qilganlarga qoidaga ko‘ra "Faxrli inson" brasletlari topshirildi.
Tadbirga ko‘plab san'atkorlar va sportchilar qatorida tadbirga tashrif buyurgan Ozoda Nursaidova kuylamasligi va faqat moddiy xayriya bilan cheklanib, bolajonlarga tabrik so‘zi aytib ketishini ma'lum qildi. U bunga sabab yaqindagina boshidan o‘tkazgan operatsiya ekanligini aytdi.
“Bu kabi gala-konsertlarda asosan fonogramma kuylanishi tushunarli holat, ammo hattoki shuni ham qila olmayman ochig‘i. Sababi baribir fonogramma ustidan kuylab yuboraman. Berilib ketamanda... Turkiyada laparatomiya operatsiyasidan o‘tib qaytdim. Anchadan beri qiynayotgan professional kasallik (murakkab qo‘shiqlar kuylanayotganda bosim qoringa tushadi) bo‘lgan qorin churrasini operatsiya qildirdim. Bunda oshqozonimning ham yarmini kesishga to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunda qat'iy parhez tufayli deyarli oddiy suv bilan kun o‘tkazyapman. Juda nimjon bo‘lib qolganman. Operatsiyadan deyarli bir oy o‘tib, xizmatga chiqqanimda, fonogrammada kuylaganimda ham, berilib ketib ustidan kuylaverdim va 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas to‘yxonani o‘zidayoq hushimdan ketib qoldim. O‘sha yerdan to‘g‘ri shifoxonaga olib ketishdi”, deb gapirib beradi qo‘shiqchi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025