Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimga imtiyozli ijtimoiy xizmatlar uchun vaucher beriladi?
Vazirlar Mahkamasining "Faol hayotga qadam" dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

Nizomga ko‘ra "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida bo‘lgan shaxslarning ehtiyojini baholaydi va quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun vaucher shakllantiradi:
- uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish;
- uy sharoitida qarab turish;
- tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya;
- kunduzgi qatnov shaklida qarab turish;
- shaxsiy yordamchi.
"Inson" markazi tomonidan berilgan vaucher bo‘yicha ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari xizmat ko‘rsatish hajmi (soati)dan kelib chiqib hisoblanadigan subsidiya ko‘rinishida qoplanadi.
Ijtimoiy xizmatlar "Inson" markazlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan ham ko‘rsatilishi mumkin.
Vaucher berish va uning qiymatini to‘lash, shuningdek ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar bilan shartnomalar imzolash "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimidagi "Oila hamkori" platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va bu xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik ma’lumotlari xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan kunda "Ijtimoiy himoya" axborot tizimiga kiritiladi.
Vaucher quyidagilarga beriladi:
- Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi shaxslar;
- I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘rish bo‘yicha dastlabki nogironlik berilgan shaxslar, shuningdek nogironlar aravachasidan birinchi marta foydalanish tayinlangan shaxslar.
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida bo‘lgan shaxs yoki uning vakili "Inson" markaziga o‘zi kelgan holda yoki o‘zi yashaydigan hududda faoliyat yurituvchi "Inson" markazining ijtimoiy xodimiga yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki "Ijtimoiy himoya" AT orqali murojaat qiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
Mavzuga oid

15:29 / 27.05.2025
1 iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi

11:59 / 21.01.2025
Kambag‘al oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi

17:40 / 11.05.2024
Zo‘ravonlikka uchraganlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi tizimi 1 iyundan yo‘lga qo‘yiladi

21:41 / 04.08.2020