Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevga harbiy yordam ishi: Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi
Ishni Yevropa prokuraturasi Ukraina uchun o‘q-dorilarni oshirilgan narxda sotib olganlikda gumon qilib ochgan.

Foto: Radovan Stoklasa / Reuters
Slovakiya politsiyasi sakkiz kishini, jumladan, mamlakat Mudofaa vazirligining to‘rt nafar xodimini Ukrainaga yordam mablag‘larini noto‘g‘ri ishlatish ehtimoli bo‘yicha qo‘lga oldi, deb xabar berdi Reuters 18 iyun, chorshanba kuni Slovakiya prokuraturasiga tayanib.
Ish Yevropa prokuraturasi tomonidan ochilgan. Bunga Ukrainada 2022 yilda urush boshlanganda Konstrukta davlat mudofaa kompaniyasidan 12 ming minomyot o‘q-dorilari sotib olingani sabab bo‘lgan. Prokuratura o‘q-dorilar oshirilgan narxda sotib olingan deb gumon qilmoqda. Mablag‘larni o‘zlashtirish miqdori 7,4 million yevroni tashkil qilishi mumkin, deb hisoblamoqda prokuratura.
Tergov doirasida politsiya Slovakiya sobiq mudofaa vaziri Yaroslav Nadni ham hibsga olishga uringan, biroq u uyda bo‘lmagan, deya xabar bermoqda Reuters agentligi Dennik N portaliga tayanib. Mamlakatning avvalgi hukumati tarkibida bo‘lgan mudofaa vazirligining sobiq rahbari bu shubhalarni «teatr», ishning o‘zini esa «siyosiy» deb atadi.
Nadning so‘zlariga ko‘ra, u Kanadada ta’tilda va oy oxirida qaytishi kutilmoqda. «Ukrainaga qanday yordam berganimizdan qanchalik faxrlanishimni qayta-qayta takrorlayman. Men buni yana qilgan bo‘lardim. Chunki bu insoniylik va mas’uliyat. Rossiya agressiyasining begunoh qurbonlarini himoya qilish. Ed Xeger hukumati esa buni yaxshi bilgan va to‘g‘ri ish qilgan», deb yozadi u.
Yaroslav Nad 2020 yildan 2023 yilgacha avvalgi hukumat davrida Slovakiya mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Saylovda g‘alaba qozongach, mamlakatning amaldagi bosh vaziri Robert Fitso Slovakiyadan Ukrainaga barcha harbiy yordamni to‘xtatdi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
Mavzuga oid

21:43
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda

14:15
Kiyevda «FSB agenti»ning qo‘lga olinishi: SBU va NABU turlicha baho berdi

13:53
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

09:36