Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi
Dronlar hujumi natijasida Ukraina poytaxtida bir necha yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor va turar joy binolariga zarar yetgan.

Foto: Thomas Peter/REUTERS
17 iyun, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Kiyevga uchuvchisiz uchoqlar orqali zarba berdi. Mahalliy vaqt bilan soat 05:40 da Kiyev shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Timur Tkachenko 18 kishi jabrlanganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Solomenskiy tumanida ikkita turar joy binosi shikastlangan, ulardan kamida bittasi yonib ketgan, ikkinchisining qurilish konstruksiyalari vayron bo‘lgan, deya qo‘shimcha qildi u. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalab, odamlarni qidirmoqda, dedi Tkachenko.
Dnipro tumanida Shahed tipidagi uchuvchisiz uchoqning bo‘lagi turar joy binosi devoriga kirib qolgan, deya qo‘shimcha qildi Kiyev shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lmagan, hech kim jabrlanmagan.
Avvalroq Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko 16 kishi jabrlangani haqida gapirgan edi. «Kiyevga Solomenskiy tumanidagi hujum paytida shifokorlar jabrlanganlarga yordam berayotgan uy ro‘parasidagi inshootda 62 yoshli AQSh fuqarosi vafot etdi. Shifokorlar klinik o‘lim — biologik o‘limni tasdiqladilar», deb yozdi Klichko Telegramʼda.
Solomenskiydan tashqari yong‘inlar Ukraina poytaxtining Darnitskiy va Svyatoshinskiy tumanlarida ham sodir bo‘ldi, dedi mer. Goloseyevskiy tumanida va Darnitskiyning bir qismida «avtomatik uskunaning ishga tushirilishi natijasida» elektr ta’minoti uzilgan», dedi Klichko. Uning so‘zlariga ko‘ra, energetika guruhlari hozirda bu nosozliklarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
Mavzuga oid

21:43
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda

16:04
Rossiyada Roza Lyuksemburg jamg‘armasi «nomaqbul» deb e’lon qilindi

15:45
Aliyevning gaplari: Boku – Moskva nizosi yangi bosqichdami?

15:25