Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ukraina navbatdagi harbiy asirlarni almashdi
Istanbul kelishuvlari doirasida Moskva va Kiyev o‘rtasida ikkinchi harbiy asirlar almashinuvini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Rossiya Mudofaa vazirligi tasdiqladi.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
Moskva va Kiyev yana harbiy asirlar almashinuvini amalga oshirdi, bu haqda ularning delegatsiyalari Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida kelishib olgandi. Bu haqda 10 iyun, seshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Bu almashuv «og‘ir yaralangan va yarador askarlarimiz Rossiya asirligidan qaytishining birinchi bosqichi bo‘ldi», dedi Zelenskiy. «Ularning barchasi tibbiy yordamga muhtoj. Bu muhim insonparvarlik harakati», — deya qo‘shimcha qildi u. Siyosatchining ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Davlat chegara xizmati va Davlat maxsus transport xizmati harbiy xizmatchilari almashinuv doirasida uylariga qaytgan. «Almashuvlar davom etishi kerak. Biz asirlikda bo‘lganlarning har birini topib, qaytarish uchun hamma narsani qilyapmiz. Men yordam berayotgan barchadan minnatdorman», — dedi Volodimir Zelenskiy.
Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha koordinatsiya shtabining ma’lum qilishicha, 10 iyun kuni ozod etilgan ukrainaliklar orasida «3 yildan ortiq asirlikda o‘tkazgan Mariupol himoyachilari ham bor. Askarlar va serjantlar bilan bir qatorda ofitserlar ham ozod etilgan». «Hozir ozodlikka chiqqan barcha himoyachilar og‘ir jarohatlar va og‘ir kasalliklarga ega: oyoq-qo‘llari kesilgan, ko‘rishda muammolar, abssesslar, infeksiyalar, jarohatlar va surunkali kasalliklar. Ozod qilinganlarning bir qismi gepatit va sil kasalligiga chalingan», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
-
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi
Jahon | 13:39
-
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:09
-
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muzlatib qo‘ydi
Jahon | 13:00
Mavzuga oid

13:39
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi

13:00
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muzlatib qo‘ydi

12:58
"Moskva-Siti"da VTB dronlar tahdidi tufayli masofaviy ishlashga o‘tdi

11:09