Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karera sari qadamga aylantirmoqda
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti (TDIU) talabalari ilk bor diplom loyihalarini auditoriyalarda emas, balki haqiqiy biznes muhiti — Paynet bosh ofisida himoya qilmoqda. Bu tashabbus TDIU va Paynet o‘rtasida amaliy ta’limni rivojlantirish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik hamkorlik memorandumi imzolanganidan so‘ng amalga oshdi. Ushbu hujjatga Paynet bosh direktori Isamuxamedov Anvar Sadikovich hamda TDIU rektori Teshaboyev Tulkin Zokirovich tomonidan imzo chekildi. Himoya shakli oddiy rasmiyatchilik emas — bu butun mamlakat bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar ishlatadigan raqamli mahsulotlar va xizmatlar ustida har kuni ishlaydigan mutaxassislar oldida to‘liq professional taqdimotdir.
Bu esa o‘z darajasida ilk bor amalga oshirilayotgan tajriba hisoblanadi.
Bo‘lajak iqtisodchilar, tahlilchilar va barqaror rivojlanish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydigan uchta asosiy kafedraning talabalari va professor-o‘qituvchilari diplom himoyasida ishtirok etdilar. Bu ishtirok tadbirning ilmiy darajasini oshirib, taqdim etilgan mavzularning kengligini ta’minladi. Yaqin kunlarda TDIUning boshqa kafedralari ham tashabbusga qo‘shilib, loyihalarni yangi yo‘nalish va g‘oyalar bilan kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Kafedralar bo‘yicha taqdimotlar
“Yashil iqtisodiyot” kafedrasi
Asosiy e’tibor barqaror rivojlanish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni tartibga solish va “yashil” tashabbuslarni baholashga qaratilgan bo‘lib, talabalarning ishlari dolzarbligi bilan ajralib turdi. Ustozlar ekologik yechimlarni davlat va xususiy sektor uchun amaliy joriy etish mexanizmlariga e’tiborni qaratishda yordam berdi.
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi
Talabalar xalqaro savdo va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, shuningdek, tashqi iqtisodiy omillarning mamlakat rivojiga ta’siri kabi mavzularda ishlarini taqdim etdi. O‘qituvchilar loyihalarning diqqat bilan ishlab chiqilishi hamda yuqori darajadagi ilmiy-tadqiqot va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishini ta’minladi.
“Makroiqtisodiy siyosat va prognozlash” kafedrasi Bitiruvchilar iqtisodiy tendensiyalar tahlili, o‘sish ssenariylarini modellashtirish hamda davlat iqtisodiy siyosati strategiyalarini ishlab chiqishga e’tibor qaratdi. O‘qituvchilarning qo‘llab-quvvatlashi mavzularni chuqur ishlab chiqish va mantiqiy argumentatsiya tuzilishda muhim rol o‘ynadi.
Baholash jarayoni
Himoya formati talabalar va mezbon tomon uchun yangilik bo‘ldi. An’anaviy imtihon komissiyasi o‘rniga — mutaxassislar bilan muloqot. Hisobot o‘rniga — o‘z fikrini bildirish, rivojlanish va amaliy tajriba olish imkoniyati yaratildi.Paynet jamoasi loyihalarni baholash bilan cheklanmay, ularni haqiqiy biznes nuqtai nazaridan ko‘rishga yordam berishdi.
Maxsus bir lahza sifatida, Paynet tomonidan eng yaxshi talabaga, yuqori tayyorgarlik darajasi, yondashuvning originaligi va loyiha dolzarbligini e’tirofi sifatida esdalik sovg‘alar topshirildi.
Bundan tashqari, bir necha talabalarga hamkorlik taklif etilib — kompaniyada bank ishi, moliya, marketing va IT yo‘nalishlarida faoliyat boshlash va, karera qurishda ilk qadamlarni qo‘yish imkoniyati berildi.
Amaliyotga yaqin ta’lim.
Paynet uchun bu faqatgina ijtimoiy tashabbus emas. Bu — strategiya. Bo‘lajak kadrlarni jalb qilish formati, iste’dodlarni namoyon etish imkoniyati va biznesga faqat tajribali mutaxassislar emas, balki yosh va ambitsiyali bitiruvchilar ham kerakligini ko‘rsatish usulidir.
Paynet shunchaki eshiklarni ochmaydi — u ta’limni hayotga, amaliyotga va kelajakdagi kareraga yaqinlashtiradi.
Kompaniya ofisida diplom himoyasi formati — bu eksperiment emas, balki yangi standartdir. Ta’lim haqiqiy amaliyot bilan yuzma yuz kelganda yangi imkoniyatlar yaratib, talabalar, o‘qituvchilar va biznes uchun katta yutuqqa aylanadi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
Mavzuga oid

15:30 / 29.04.2025
Paynet 2025 yilning 1-choragi bo‘yicha natijalarni e’lon qildi

09:30 / 29.03.2025
Paynet va Asaka Bank strategik memorandum imzoladi

17:00 / 21.03.2025
Paynet: 2024 yil yakunlari va joriy yil rejalari haqida

16:19 / 13.01.2025