Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi
12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Foto: Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tomoni ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporojiye, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyev shaharlaridan kelgan.
Ta’kidlanishicha, Ukraina elchixonasi murojaatiga javoban O‘zbekiston tomonining taklifi va to‘liq ko‘magi bilan tashkil etilgan ushbu gumanitar missiya bolalarga ruhiy muvozanatni tiklashga hamda «har kungi havo hujumlari va raketa zarbalaridan chalg‘ib dam olishga yordam berishni» maqsad qilgan.
«Bolalar va ularning kuzatuvchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, shundan so‘ng ular Tyan-Shan tog‘lari etagidagi go‘zal vodiyga yo‘l olishdi. Oromgohdagi kechki qabul samimiy va iliq ruhda tashkil etildi. Tashrif dasturi mazmunli bo‘lib, bu O‘zbekiston davlat organlarining misli ko‘rilmagan darajada jalb etilganidan dalolat beradi. Uni amalga oshirishda mamlakatning deyarli barcha tegishli vazirlik va idoralari ishtirok etmoqda. Har kuni bolalarni «Milliy qadriyatlar kuni»dan tortib, «Sport va salomatlik kuni»gacha bo‘lgan mavzuli tadbirlar, ijodiy tanlovlar va ekskursiyalar kutmoqda. Bunday kompleks yondashuv O‘zbekiston tomonining ushbu murakkab davrda ukrainalik bolalarga har tomonlama yordam va ko‘mak ko‘rsatishdan chuqur manfaatdor ekanini yaqqol ko‘rsatadi», deyiladi xabarda.
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

23:01 / 22.07.2025
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi

21:43 / 22.07.2025
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda

14:15 / 22.07.2025
Kiyevda «FSB agenti»ning qo‘lga olinishi: SBU va NABU turlicha baho berdi

13:53 / 22.07.2025