Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
U otasi bilan mehnat migratsiyasida bo‘lgan, biroq hujjatlari noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani uchun RFdagi vaqtinchalik saqlov markaziga joylashtirilgan.

Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat
Bugun, 5 iyun kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu bolaning otasi mehnat migratsiyasida bo‘lib, hujjatlar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani bois, o‘g‘lini vaqtinchalik saqlov markazidan olib keta olmagan.
Voyaga yetmagan fuqaro Toshkentga yetib kelganidan so‘ng, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan onasiga topshirilgan. Endilikda bola uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari uning doimiy yashash joyida davom ettiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining hamkorligi natijasida 2025 yil 5 iyun holatiga qadar jami 56 nafar voyaga yetmagan fuqaro vatanga qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

22:31 / 15.07.2025
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

19:18 / 15.07.2025
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi

18:43 / 15.07.2025