Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi
Yevrokomissiya rahbari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlayotgan amerikalik senator Grem bilan uchrashuvdan so‘ng Ukrainadagi urushni davom ettirayotgan Rossiyaga birgalikda bosim o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Michele Tantussi / Getty Images
Yevropa Komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen Berlinda amerikalik senator Lindsi Grem bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirish masalasini muhokama qildi. Bryusseldagi idora rahbari «tez orada» u «sanksiyalar va bu masala bo‘yicha AQSh bilan hamkorlikda kelishilgan narsa» haqida xabar berishiga umid qilmoqda, dedi 2 iyun, dushanba kuni jurnalistlarga YeK vakili.
Fon der Lyayyenning o‘zi X ijtimoiy tarmog‘ida Grem bilan «yaxshi munozara» haqida yozdi va hozirda Yevropa Ittifoqi to‘rt yildan beri Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush olib borayotgan Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini tayyorlayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «qattiq sanksiyalar, jumladan, Rossiya xom neftining maksimal narxini pasaytirish»ni nazarda tutadi. Bundan tashqari, «Shimoliy oqim» gaz quvuri infratuzilmasi va Rossiya bank sektoriga oid chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda.
«Agar bu qadamlar AQSh choralari bilan birgalikda amalga oshirilsa, bu bizning sanksiyalarimizning umumiy ta’sirini keskin oshiradi», — deya qo‘shimcha qildi u. Fon der Lyayyen «Rossiyaga bosim ishlayapti, chunki Kreml boshqa hech narsani tushunmaydi», deb ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Grem kelasi hafta yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini Senatga taqdim etish niyatida. YeIning avvalgi sanksiyalar paketi may oyida kiritilgan va boshqa narsalar qatori Rossiyaning «soyadagi» flotiga qarshi choralarni ham o‘z ichiga olgan edi.
O‘z navbatida, Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Grem bilan uchrashuvdan so‘ng AQSh va Yevropa Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan siyosatda umumiy yo‘nalishni davom ettirayotganini ta’kidladi. U amerikalik senator bilan Kremlga bosim o‘tkazishda davom etish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi. «Putin nihoyat zudlik bilan va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi va muzokaralar stoliga o‘tirishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi nemis vaziri.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

22:31 / 15.07.2025
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

19:18 / 15.07.2025
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi

18:43 / 15.07.2025