Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj
Toshkentda MSITF-2025 festivali doirasida mudofaa sanoatining zamonaviy qurol-yarog‘lari, og‘ir va yengil harbiy texnikalar hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish qilindi. Ko‘rgazmadagi eng e’tiborga molik texnikalar – ko‘plab turdagi dronlar bo‘ldi. Kun.uz muxbiri ushbu festivaldan fotoreportaj taqdim qiladi.
Joriy yil 29-31 may hamda 1 iyun kunlari Toshkent shahridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida — Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali («MSITF-2025») bo‘lib o‘tdi.
Ushbu festivalda Qurolli Kuchlarga zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi tashkilot, yirik korxonalar, jismoniy shaxslar hamda ixtirochilar o‘zlarining mahsulotlari bilan qatnashdi.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov, DXX raisi Bahodir Qurbonov, Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, Senator va yoshlar ishlar agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Bahodir Toshmatov, Bosh vazirning o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar qatnashdi.
«Harbiy-texnik sohada 50 ga yaqin davlatlar bilan hamkorlik o‘rnatilib, 30 dan ortiq ilg‘or xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi. 40 ta mahalliy korxonalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari 155 taga yetkazilib, xizmat ko‘rsatish 2,5 barobarga oshirildi», dedi Shuhrat Xolmuhamedov.
Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarog‘, o‘q-dori, og‘ir va yengil harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, harbiylar uchun kiyim-kechak va oziq-ovqat kabi harbiy va ikki xil maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Ko‘rgazmadagi eng e’tiborga molik texnikalar turli xil dronlar bo‘ldi. Xususan, zarbdor, razvedka va ko‘p maqsadli o‘nlab uchuvchisiz qurilmalar namoyish qilindi.
Shuningdek, tadbirda kibersport, hakerlik, kichik robotlar jangi, uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish, raketa-model va «Dron racing» kabi ko‘plab musobaqalar ham o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiri ushbu tadbirda namoyish etilgan mudofaa sohasidagi yangi texnologiyalar fotojamlanmasini taqdim qiladi.
Rasmlar muallifi: Farrux Absattarov
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
-
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18
Mavzuga oid

12:58
"Moskva-Siti"da VTB dronlar tahdidi tufayli masofaviy ishlashga o‘tdi

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

08:58 / 10.07.2025
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda

11:41 / 09.07.2025