Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
17 may kungi kuchli dovuldan keyin shifoxonaga daraxt bosib qolgan ikki bemor olib kelingandi.

Foto: FVV
Toshkentda sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatida daraxt fuqaroni bosib qoldi. Bu haqda Milliy telekanalining «Millar» dasturida xabar berildi.
Shifokor Murod Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaga daraxt bosib qolgan ikki nafar bemor olib kelingan. Ulardan biri og‘ir ahvolda olib kelingan va shifoxona qabulxonasida vafot etgan.
«Ikkinchi bemorimizda bosh-miya jarohati mavjud. Uzoq muddatli jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Hozirda bemorning ahvoli stabil-og‘ir, reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda», – dedi shifokor.
Lavhada, shuningdek, daraxtlar Spark va avtobus ustiga qulab tushgani ham aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, 17 may kuni soat 19:00 atrofida Toshkentda ob-havo keskin o‘zgargandi. To‘satdan musaffo osmon qorong‘ilashdi, kuchli shamol chang-to‘zonlarni olib keldi. Ko‘chalardagi chang, barg va chiqindilar havoga ko‘tarildi. Ba’zi joylarda tomlar uchdi, daraxtlar qulab tushdi.
Bu vaqtda Toshkent shahri havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi. SSV bu vaziyatda imkon qadar ochiq havoda yurmaslikka chaqirdi. Zarurat sezganda «103» xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, tibbiy yordam olishlari mumkinligini bildirdi. Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi ham chang payti tashqariga chiqmaslikni, ko‘chaga chiqqanda tibbiy yoki respirator taqishni so‘radi. Uyda havo namlagichlardan foydalanish yoki xonaga ho‘l sochiq ilib qo‘yish, ko‘proq suv ichish tavsiya etildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqa xizmatlar daraxtlar bilan birgalikda daraxtlar va ularning shoxlari qulashi oqibatlarini bartaraf etayotgani, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘qligini xabar qildi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi
Jahon | 16:37
-
Amerikaliklar yarim yillik turg‘unlikdan keyin quvnoq hayotiga qaytmoqchi
Jahon | 16:17
-
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 15:52
Mavzuga oid

22:06 / 17.05.2025
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi

18:11 / 05.09.2024
Boysun sinovi: O‘zbekiston yirik texnogen ofatlarga qanchalik tayyor?

19:03 / 30.05.2024
112 yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

16:07 / 13.01.2024