Kuchli shamol tufayli Samarqand viloyatining aholi zich yashaydigan to‘rtta hududida elektr ta’minoti o‘chirildi
Urgut, Past Darg‘om, Samarqand tumanlari va Samarqand shahrida 12 mingdan oshiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Yuqoridagi hududlarda qariyb 2 million aholi yashaydi.
Bugun, 13 yanvar kuni Samarqand viloyatida kuchli shamol esayotgani tufayli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ayrim elektr tarmoqlari o‘chirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Urgut, Past Darg‘om, Samarqand tumanlari hamda Samarqand shahrida 12 500 ta iste’molchi qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
“Kuchli shamol esishi to‘xtagach, elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 12 yanvar kuni tundan boshlab Samarqand viloyatining bir qator hududlarida vaqti-vaqti bilan kuchli shamol esib turibdi. “O‘zgidromet” 13 yanvar kuni joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishini ma’lum qilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli shamol tufayli Samarqand shahrida ko‘cha chetida turgan Cobalt mashinasi ustiga daraxt qulab tushgani tasvirlangan fotosurat ham tarqaldi.
Avvalroq, 10 yanvar kuni kuchli shamol Jizzax viloyati Forish tumani hokimligi majlislar zali binosining tomini uchirgan va oqibatda oltita mashina shikastlangandi.
Mavzuga oid

13:52 / 09.03.2025
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025
Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

09:02 / 05.03.2025