Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Sun’iy intellekt texnologiyalarining eng katta ta’siri ofis ishlariga to‘g‘ri keladi, chunki generativ SI ko‘plab vazifalarni avtomatlashtirish qobiliyatiga ega.

Foto: UN Photo
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Polsha Milliy tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan yangi qo‘shma tadqiqotga ko‘ra, sun’iy intellektdan foydalanishning eng katta ehtimoliy natijasi — insonni kompyuter bilan to‘liq almashtirish emas, balki mehnat jarayonining transformatsiyalanishi bo‘ladi. Bu haqda BMT xabar berdi.
«Biz nazariy chegaralardan chiqib, real ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarga asoslangan amaliy vosita yaratdik. Inson tajribasi, ekspertlar tahlili va generativ sun’iy intellekt modellari uyg‘unligida biz mamlakatlarga xavflarni baholash va yuz berayotgan o‘zgarishlarga samarali javob berishda yordam beradigan uslubni ishlab chiqdik», — deydi XMTning yetakchi tadqiqotchisi Pavel Gmirek.
Hisobotga muvofiq, ish o‘rinlarini generativ sun’iy intellekt ta’siri darajasiga ko‘ra guruhlash mumkin.
Qayd etilishicha, sun’iy intellekt mehnat bozorida erkaklar va ayollarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Dunyodagi ish o‘rinlarining qariyb 25 foizi potensial ravishda sun’iy intellekt ta’siriga uchraydi, rivojlangan davlatlarda ushbu ko‘rsatkich 34 foizga teng. Shu bilan birga, sun’iy intellekt ayollar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish ehtimolligi yuqori.
Rivojlangan mamlakatlarda avtomatlashtirish xavfi eng yuqori bo‘lgan ish o‘rinlari ayollar bandligining 9,6 foizini tashkil etadi — bu ko‘rsatkich erkaklar orasida atigi 3,5 foizni tashkil qiladi.
Hisobotga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalarining eng katta ta’siri ofis ishlariga to‘g‘ri keladi, chunki generativ sun’iy intellekt ko‘plab vazifalarni avtomatlashtirish qobiliyatiga ega. Biroq sun’iy intellekt imkoniyatlarining kengayib borishi OAV, dasturiy ta’minot va moliya sohalariga oid kognitiv kasblarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, mutaxassislarning ta’kidlashicha, to‘liq avtomatlashtirilishi mumkin bo‘lgan kasblar doirasi hali ham cheklangan, chunki ko‘plab vazifalar hanuzgacha inson ishtirokini talab etadi.
Mutaxassislar hukumatlar, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarni ijtimoiy muloqotda faol ishtirok etishga hamda ish unumdorligini, mehnat sifati va ish o‘rinlarini saqlab qolishni ta’minlaydigan inklyuziv strategiyalarni ishlab chiqishga chaqirmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

23:45 / 24.07.2025
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi

15:26 / 24.07.2025
BMT Xalqaro sudi: Davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega

22:59 / 23.07.2025
BMT sudi iqlim o‘zgarishini jiddiy tahdid deb tan oldi

14:08 / 21.07.2025