Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
«Navoiy» chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga olib kirilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatildi.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib kirilgan sintetik giyohvand vositalari aniqlandi.
Qayd qilinishicha, «Navoiy» chegara bojxona posti orqali kirib kelgan Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1983 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaroga tegishli tibbiy uskunalar ko‘zdan kechirilgan. Natijada ularning ichiga yashirilgan, umumiy bahosi 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,206 kg «Mefedron» hamda 3,970 kg «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan Toshkent shahri va viloyatida yashovchi, 1992, 1993, 1995 hamda 2000 yillarda tug‘ilgan 5 nafar fuqaro ham qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ular Telegram messenjeri orqali narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Rossiya fuqarosi ko‘rsatmalarini bajargan.
«Navoiy» chegara bojxona postida fosh etilgan boshqa holatda 1980 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan aravakash sifatida yollangan shaxs Qozog‘istondan O‘zbekistonga gaz plitasini olib kirgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada, gaz plitasi ichida 1,985 kg «Alfa-PVP» sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025