Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
Kuvaytning "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi va "Shayx Abdulloh an-Nuriy" xayriya tashkiloti joriy yilning 29 aprel – 5 may kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, Orolbo‘yi aholisiga bepul tibbiy ko‘rik amalga oshirdi.

Foto: "Dunyo" AA
Orolbo‘yi aholisi salomatligini tiklash bo‘yicha Kuvayt bilan turli loyihalar ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va mamlakatimizning Al-Kuvaytdagi elchixonasi sa’y-harakatlari bilan Kuvaytning "Al-Amal" jarrohlar guruhining Orolbo‘yi aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘istonga safari tashkil etildi.
Kuvaytdan kelgan malakali shifokorlar Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika kardiologiya ilmiy-amaliy ixtisoslashgan tibbiyot markazi, Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi, Respublika ko‘z mikroxirurgiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari Qoraqalpog‘iston filiallarida hamda U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida jarrohlik punktlarini tashkil qildilar.
Har bir jarrohlik bo‘limiga 1 tadan avtomobil va 2 nafardan tarjimon biriktirildi. 30 aprel kunidan boshlab 6 ta jarrohlik bo‘limlarining barchasida bemorlar qabuli va tibbiy ko‘rik amalga oshirildi.
Tibbiy ko‘riklar davomida Qoraqalpog‘istonda 420 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan 253 tasida operatsiya, 36 nafariga esa jarrohlik muolajasi amalga oshirildi. E’tiborlisi, jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan bemorlarning holati muntazam ravishda monitoring qilib turildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
-
Rossiya dronlarining Xarkivga hujumida kamida 3 kishi jabrlandi
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

08:32 / 11.07.2025
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" forumi bo‘lib o‘tdi

16:57 / 10.07.2025
Toshkentda yigit ginekolog shifokor nomiga soxta profil ochib, ayollarga pulli maslahat berib kelgani aniqlandi

14:31 / 04.07.2025
Stolda pichoq, uning oldida mast odam, xodim telefon “titib” o‘tiribdi – Buxorodagi hodisada kim antiqahramon?

17:24 / 03.07.2025