Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshladi
Pokiston «Banyan-ul-Marsus» ("Mustahkam devor") deb nomlangan keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi, deb xabar berdi Pokistonning Geo TV telekanali xavfsizlik manbalariga tayanib.

Foto: AP
Keyinroq Pokiston hukumatining X'dagi akkauntida operatsiya boshlangani haqidagi xabar paydo bo‘ldi.
Nashr manbalariga ko‘ra, amaliyot doirasida Pokiston armiyasi Hindiston hududidagi ko‘plab strategik nishonlarga zarba berishni rejalashtirgan. Nashr Hindiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan, tovushdan tez uchuvchi BrahMos raketalari ombori yo‘q qilingani haqida xabar berdi.
Shuningdek, nashr manbalariga ko‘ra, boshlangan operatsiya davomida Pokiston Hindistonning Udhampur va Pathankot havo bazalariga, armiya brigadasi qarorgohi va yirik harbiy omborga zarba bergan.
Bir necha soat oldin Pokiston armiyasi Hindistondan o‘zining havo bazalariga raketa hujumi uyushtirilganini e’lon qilgan va javob choralari bilan tahdid qilgan edi. Bazalardan biri Nur Xon Ravalpindi shahrida, poytaxt Islomoboddan 10 km uzoqlikda joylashgan. Shundan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab havo hududi mahalliy vaqt bilan 10 may kuni tushgacha yopildi.
Hindiston ommaviy axborot vositalari, xususan Times of India hozircha Geo TV ma’lumotlarini tasdiqlovchi hech qanday zarbalar haqida xabar bermagan. Shuningdek, Hindiston rasmiylari avvalroq Pokiston havo bazalariga zarbalar berilgani haqidagi xabarlarga izoh taqdim etmagan.
Avvalroq G7 davlatlari Hindiston va Pokistonni 50 kishining hayotiga zomin bo‘lgan mojaro avj olishini to‘xtatishga chaqirgan edi, deb eslatadi Reuters.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
-
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»
Jahon | 19:39
-
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 19:31
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
Mavzuga oid

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

13:58 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

12:19 / 23.07.2025
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi

14:16 / 21.07.2025