Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
Yevropa komissiyasi bir oy ichida Rossiya bilan yangi gaz shartnomalari tuzilishiga to‘sqinlik qiluvchi qonunni taqdim etadi. Qisqa muddatli xaridlar 2025 yil oxirigacha, uzoq muddatli shartnomalar esa 2027 yilgacha tugatilishi kerak.

Foto: Viktor Lisitsyn / Global Look Press
Yevrokomissiya 6 may, seshanba kuni Strasburgda 2027 yilgacha Rossiyaning qazib olinadigan yonilg‘isidan butunlay voz kechish rejasini e’lon qildi. Ushbu reja doirasida bosqichma-bosqich «yo‘l xaritasi»ni e’lon qilish ikki marta qoldirildi. Bu safar u umumiy ma’noda taqdim etildi va rasmiy qonunchilik takliflari bir oydan keyin e’lon qilinadi, dedi Yevropa Ittifoqining energiya bo‘yicha komissari Dan Yorgensen.
REPowerEU deb nomlangan Rossiya Federatsiyasi energiya manbalaridan bosqichma-bosqich voz kechish dasturi Yevropa Ittifoqi darajasidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar va 2025 yil oxirigacha bo‘lgan majburiy milliy rejalarni o‘z ichiga oladi, deya tushuntirdi Yevropa komissari.
Yangi qoidalar, masalan, Rossiya gaz yetkazib beruvchilari bilan yangi shartnomalarning oldini olish va mavjud spot shartnomalar 2025 yil oxirigacha bekor qilinishini anglatadi. Yevropa Komissiyasiga ko‘ra, bu chora Yevropa Ittifoqi Rossiya gazining qolgan ta’minotini joriy yil oxirigacha uchdan bir qismga qisqartirishiga olib keladi. Hozirda Rossiya gazining ulushi Yevropa Ittifoqi butun gaz bozorining 13 foizini tashkil qiladi. Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan oldin bu ulush Yevropa Ittifoqida o‘rtacha 45 foizga yetgandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

08:49 / 16.07.2025
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

08:34 / 16.07.2025
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi

19:18 / 12.07.2025