Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi
Viskonsinda yo‘qolgan ayolni yillar davomida topishning imkoni bo‘lmagan. U bu vaqt ichida AQShning boshqa shtatida yashab kelgan.

AQShda 1962 yil iyulida yo‘qolgan ayol — Odri Bakeberg tirik va soppa-sog‘ holatda topildi. Bu haqda Viskonsin shtati Sok okrugi sherifi ofisi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Odri yo‘qolgan vaqtida endigina 20 yoshda bo‘lgan va u shtatning Ridsberg shaharchasida yashab kelgan. Ayolning uydan o‘z xohishi bilan chiqib ketgani ta’kidlanmoqda.
The Guardian’ning aniqlik kiritishicha, Odri Bakeberg (qizlik familiyasi keltirilmagan) 15 yoshida Ronald Bakebergga turmushga chiqadi. Ular ikki farzandli bo‘lishadi, biroq er-xotin munosabatlari murakkablashib ketadi. Odri yo‘qolishidan avval sudga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i uni kaltaklagani va o‘ldirish bilan tahdid qilganini bildirgan.
Odri g‘oyib bo‘lgan kuni o‘zi ishlaydigan fabrikaga maoshini olish uchun ketgan. U bilan birga bolalarining enagasi ham mashinada Viskonsin markazi — Madisonga borishadi. So‘ngra ayol avtobusga o‘tirib, Indianapolisga yo‘l olgan. Bolalarning enagasi o‘sha vaqtda 14 yoshda bo‘lgan. Keyinroq u politsiyaga o‘sha vaziyatda xavotirga tushib, ortga qaytmoqchi bo‘lganini biroq Odri rozi bo‘lmaganini aytgan. Odrini ko‘rgan so‘nggi manzili — avtobus bekati bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, tergovchilar yillar davomida turli farazlarni ko‘rib chiqib, Odrini qidirishda davom etgan, biroq ish yakunda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Tergovchilar 2025 yil boshida eski ishlarni qayta ko‘rib chiqish jarayonida yo‘qolgan ayolning singlisi profilini genealogik saytdan topishadi. Shu orqali ishda burilish yuz beradi va Odrini ham topishadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Odri boshqa shtatda (nomi ochiqlanmagan) yashab kelgan. Ishni ochgan Ayzek Hensonning aytishicha, ayol u yerda hayotini yangidan boshlagan va bundan zarracha afsusda emas.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi
Jahon | 13:55
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
Mavzuga oid

10:27
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi

08:01
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi

21:29 / 13.07.2025
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50 / 13.07.2025