Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila
Ipak qurti boqish oson ish emas. Har kuni saharda turib, daladan tut bargi teriladi. Ular vaqti bilan qurtlarga berib boriladi. Deyarli bir oy davom etadigan og‘ir va tinimsiz mehnatdan keyin pillalar yig‘ib olinadi. Bu yil ham Nozimjon Ergashevning oilasi odatdagidek ipak qurti parvarishi bilan band.

Nozimjon Ergashev Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Oqbo‘yra qishlog‘idan. Dehqon bu yil ham o‘z uylarini qurtlarga bo‘shatib bergan. Ipak qurti boqish jamoaviy ish, hasharga esa singillari yordamga kelgan. Dehqon bu yil pilla sotib 15 million so‘m daromad olishni ko‘zlayapti.
“Qurt baraka deyishadi eskilar. Esimni tanibmanki qurt boqqanmiz. Deyarli dalada ulg‘aydik. Ko‘pchilik aytadi, nima qilasiz jonni qiynab qurt boqib deb. Ipak qurti boqish gashtini ko‘pchilik tushunmaydi.
Fermer hamma sharoitni yaratib beryapti. Qurt boqqanimiz uchun yer beryapti. Har yili o‘rtacha 250 kg pilla topshiramiz. O‘tgan yili ko‘proq 420 kg topshirdik.
Bir oy o‘tadi-ketadi. Lekin pillaning daromadi yaxshi bo‘ladi. Har yili qurt olaman. Tut novdasi ham pul. Tandirga ishlatamiz. Singillarimga beraman. O‘tindan ham qiynalmaymiz-da. Qishdan eson-omon chiqib olamiz.
Ertalab jiyanlarni olib dalaga barg kesishga ketamiz. Qolganlar qurt tagini teradi, barg soladi.
Qurt boqishda eng zavq oladigan hodisa bor. Kirib chiroqni yoqib, qaraganingizda shitir-shitir qilib bargni yeyayotganda, maza qilib yuborasiz-da qandaydir. Shu uchun ham har yili tutgim kelaveradi, xumor bo‘lib qolganman. Bo‘lmasa sharoit hamma yog‘i yetarli uyda. Lekin shitirlaganda bargni yeyayotganda maza qilib yuboraman. Dam oladi-da qandaydir miyangiz.
Tez kunlar oralig‘ida qurtlarimiz pilla to‘qishga kirishadi.
Bundan tashqari fermer qurt tutganimga yer beradi, bug‘doy beradi, chorva uchun 100 ta press (somon) beradi. Uning ichida yer berganda silos ekaman. Silosni sotganimcha sotaman, qolgani uyimdagi chorvalarimga.

Qishloq ishlarini umuman hech narsaga alishmayman. Dala ishlari menga qandaydir zavq beradi-da, maza qilaman. Maza-da dala. Do‘stlarim Rossiyaga bor biz bilan deyishadi, men umuman Rossiyaga bormayman ham, qiziqmayman ham. Kerak emas Rossiya menga. Mana, mana shu yerda shuncha daromadim bor, bog‘im bor. Uzum bog‘im bor mana yarim gektar.
Mana keng dala, mana shildiragan suvlar, mollarim, hamma yog‘im bor, sharoit. Qayerga ketaman?” – deydi oqbo‘yralik dehqon.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
Jahon | 17:44
-
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi
Jahon | 17:42
-
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
Jahon | 17:41
-
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi
O‘zbekiston | 17:01
Mavzuga oid

11:00 / 04.05.2025
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya

16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi

17:57 / 07.03.2025
“Bir qo‘lda ishlashimni ko‘rib hayron qolishadi” – Toshkentni ko‘rmagan oqbo‘yralik dehqon ona hikoyasi

17:17 / 22.01.2025