Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi
Mudofaa vazirligi «Hududiy mudofaa to‘g‘risida»gi qonun Rossiyaga qarshi qaratilmaganini ma’lum qildi.

Rossiya Qozog‘istonning strategik hamkori bo‘lib, yaqinda Majlis (parlament quyi palatasi) tomonidan qabul qilingan «Hududiy mudofaa to‘g‘risida»gi qonun bu davlatga qarshi qaratilgan emas. Mudofaa vazirligi Qozog‘iston go‘yoki shimoliy qo‘shnisi bilan urushga tayyorlanayotgani haqidagi qator ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga shunday izoh berdi.
«Rossiya Qozog‘istonning strategik hamkori bo‘lib, u bilan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlari saqlanib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, «Hududiy mudofaa to‘g‘risida»gi qonun Rossiyaga qarshi qaratilgani to‘g‘risidagi farazlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va davom etayotgan jarayonlarning mohiyatini buzib ko‘rsatmoqda», deyiladi bayonotda.
Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, «qonun loyihasi faqat mamlakatning ichki xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, Rossiyaga qarshi yo‘nalishni o‘z ichiga olmaydi. Uning maqsadi harbiy holat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sharoitida ichki barqarorlikni ta’minlash, aholini, infratuzilma obektlarini va hududiy yaxlitlikni himoya qilishdan iborat».
«Hududiy mudofaa to‘g‘risida»gi qonun aprel oyi boshida Qozog‘iston parlamenti Majlisi (quyi palatasi) deputatlari tomonidan qabul qilingan edi. U harbiy holat davrida o‘zini-o‘zi mudofaa qilish bo‘linmalarini yaratishni nazarda tutadi, ularda ko‘ngillilar xizmat ko‘rsatadi. Ular muhim obektlarni qo‘riqlash, mudofaa inshootlarini qurish, evakuatsiya qilish va boshqa vazifalar bilan shug‘ullanadi. Zarur hollarda ular Qurolli Kuchlar tarkibiga jangovar topshiriqlarni bajarish uchun kiritilishi mumkin. Hujjat tasdiqlash uchun parlament Senatiga (yuqori palatasiga) yuborilgan.
Ushbu qonun Majlisda qabul qilingandan so‘ng, bir qator ommaviy axborot vositalarida Qozog‘iston Rossiya Federatsiyasi bilan «urushga tayyorgarlik ko‘rayotgani» haqida da’vo qilingan maqolalar chop etildi, chunki qonun ilovasiga ko‘ra, eng katta harbiy guruhlar Rossiya bilan chegaralar yaqinida joylashtiriladi (uning uzunligi 7,6 ming kilometr).
«Hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirish tashqi tahdidlarga javoban emas, balki hududlarning logistik, geografik va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda», deb ta’kidladi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bu borada.
Bundan tashqari, boshqarmaning aniqlik kiritishicha, hududiy mudofaa bo‘linmalarida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ishtiroki ko‘zda tutilmagan.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. Kambeklarga boy bo‘lgan uchrashuvda "Inter" "Barselona"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:38
-
Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalarini berdi - video
Jahon | 01:59
-
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
Jahon | 01:17
-
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
Jahon | 00:35
Mavzuga oid

21:59 / 06.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?

20:20 / 06.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaning 150 ta tankeriga qarshi sanksiyalar joriy etadi - Bloomberg

18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi

18:03 / 06.05.2025