Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi
O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov ishchi tashrifi bilan Ispaniyaning Navarra avtonom provinsiyasida bo‘ldi.

Foto: Dunyo
Tashrif chog‘ida Navarra prezidenti Mariya Chivite va hududning yetakchi Enhol Group hamda KWD Auto kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Navarra prezidenti Mariya Chivite bilan uchrashuvda u ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga masalalari xususida fikr almashildi. Energetika, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, sayyohlik va madaniy almashinuv sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mehnat migratsiyasi, xususan, Navarraning qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Enhol Group kompaniyasi rahbariyati kechgan bilan muzokaralarning asosiy mavzusi Qoraqalpog‘istonda quyosh va shamol elektr stansiyalarini yaratish, shuningdek, "Amu-Buxoro" kanali nasos stansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirish bo‘ldi. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda barqaror qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, respublikada logistikani optimallashtirish bilan yangi quvvatlarni yaratish orqali yetkazib berish zanjirini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
KWD Auto kompaniyasi mutasaddilari O‘zbekiston korxonalari bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va avtomobil butlovchi qismlarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etishdan manfaatdorligini bildirdi. Tomonlar "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasi bilan tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Navarra universiteti rektori Mariya Iraburu bilan kechgan muloqotda tibbiyot, farmatsevtika va biznes sohalarida o‘zbek mutaxassislari uchun akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amaliyot o‘tash istiqbollari xususida fikr almashildi. Ushbu tashabbuslarni batafsil o‘rganish maqsadida O‘zbekistonning tegishli idoralari vakillari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi
O‘zbekiston | 14:03
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 13:56
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

13:20
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

07:44 / 08.07.2025
Ispaniya O‘zbekistonda charm klasterini tashkil etishi mumkin

21:26 / 07.07.2025
Sergeli City'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi

17:42 / 01.07.2025