Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda
Reuters surishtiruvidan asosiy ma’lumotlar.

Indian Press Information Bureau / Anadolu Agency / Getty Images
Hindiston rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini jahon qurol bozoridagi ulushini kengaytirish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda yozgan Reuters agentligi jurnalistlari shaxsi sir qolishini so‘ragan o‘nlab hindistonlik rasmiylar bilan suhbatlashgan.
Agentlik materialida urush boshlanganidan keyin AQSh va G‘arbning boshqa davlatlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan barcha ortiqcha qurollarni Kiyevga jo‘nata boshlagani, Rossiya harbiy zavodlari esa amalda faqat o‘z harbiy ehtiyojlari uchun texnika va o‘q-dorilar ishlab chiqarishga o‘tgani qayd etiladi. Shu sababli, azaldan dunyodagi eng yirik ikki eksportchi – AQSh va Rossiyadan qurol sotib olishga tayangan ko‘plab davlatlar muqobil yo‘l izlashga majbur bo‘lgan.
Hindiston uzoq yillar davomida ham Vashingtondan, ham Moskvadan sotib olgan harbiy texnologiyalarga egaligi hisobga olinsa, u AQSh va Rossiya mijozlari uchun ehtimoliy jozibador eksportchi bo‘lib chiqdi.
Mahsulot tannarxi pastligi Hindistonning xaridorlar bazasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. Hozir Hindiston 155 millimetr kalibrli artilleriya o‘q-dorilarini 300-400 dollar atrofida ishlab chiqarishi mumkin, Yevropadagi muqobil variantlar esa uch ming dollardan qimmatroq narxda sotilmoqda. Hind gaubitsalari ham Yevropa gaubitsalaridan ikki baravar arzon.
Hindiston Afrika, Janubiy Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyoga – birinchi navbatda, an’anaviy ravishda Rossiya ta’minotiga qaram bo‘lib kelgan mamlakatlarga eksportni kengaytirishni rejalashtirgan. 2026 yilgacha Hindiston qurol shartnomalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish uchun xorijdagi elchixonalariga kamida 20 nafar harbiy attasheni yubormoqchi. Hukumat 2029 yilga borib qurol eksportini ikki baravar oshirishni mo‘ljal qilgan.
Hozir Hindiston harbiy eksportining katta qismini o‘q-dorilar, o‘qotar qurollar va harbiy sanoatda qo‘llanadigan uskunalar uchun komponentlar tashkil qiladi, ammo yaqin yillarda mamlakat rasmiylari yetkazib berish liniyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Hindiston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024 moliya yilida Hindiston 14,8 milliard dollarlik qurol ishlab chiqargan. Bu 2020 yilga nisbatan 62 foizga ko‘pdir. Stokholm tinchlik muammolarini o‘rganish instituti (SIPRI) hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina bilan urush fonida Rossiyaning jahon qurol-yarog‘ savdosi bozoridagi ulushi 2020-2024 yillarda 7,8 foizga kamaygan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
-
Rossiya dronlarining Xarkivga hujumida kamida 3 kishi jabrlandi
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

08:38
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi

22:31 / 15.07.2025
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

21:23 / 15.07.2025