SCMP: Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi bir nechta yetakchi olimlar to‘satdan vafot etdi
Ushbu o‘lim holatlari tadqiqotchilarning shaxsiy xavfsizligi va ular duch kelgan stress darajasiga oid savollar hamda xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

Foto: Getty images
Xitoyda so‘nggi yillarda sun’iy intellektni rivojlantirish sohasidagi ko‘zga ko‘ringan mutaxassislar kutilmaganda vafot etmoqda, deb yozadi South China Morning Post.
Qayd etilishicha, ushbu o‘lim holatlari tadqiqotchilarning shaxsiy xavfsizligi va ular duch kelgan stress darajasiga oid savollar hamda xavotirlarni keltirib chiqargan. Ta’kidlanishicha, sun’iy intellekt Xitoy va AQSh o‘rtasidagi texnologik urush markazida turgani bois, u yanada dolzarb hisoblanadi.
Gazetaning eslatishicha, 2022 yil iyunda Xitoyning Megvii Technologies kompaniyasi yetakchi olimi Sun Tszyan vafot etgan. Butun dunyoga taniqli Sun Tszyan MIT Technology Review versiyasi bo‘yicha eng yaxshi yosh olimlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. 45 yoshli mutaxassisning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan. Kompaniya o‘shanda olim «kutilmagan kasallik» oqibatida vafot etganini ma’lum qilgandi.
Bir yildan keyin sun’iy intellektdan harbiy sohada foydalanish bo‘yicha yana bir ko‘zga ko‘ringan ekspert, Pekindagi Mudofaa texnologiyalari milliy universiteti dotsenti Fen Yanxe 38 yoshida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, o‘sha yilning o‘zida kutilmagan kasallikdan SenseTime yirik texnologik kompaniyasi asoschisi va Hongkongdagi Xitoy universiteti professori Tan Syaou vafot etdi — u 55 yoshda edi. Bir yildan keyin innovatsiyalarga ixtisoslashgan Yidu Techkompaniyasi asoschilaridan biri va bosh direktori Xe Chji 41 yoshida vafot etdi.
Joriy yilda esa sun’iy intellekt sohasidagi ekspert va Janubiy Xitoy texnologik universiteti huzuridagi Kompyuter fanlari maktabi dotsenti Syuan Yuyxuey vafot etgani to‘g‘risida xabar berildi. Ushbu tadqiqotchining o‘limi ham nima sababdan yuz bergani ochiqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malibu-2 avtomobillari O‘zbekistonga Xitoydan yuborilmoqda - UzAuto Motors
O‘zbekiston | 21:47
-
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi
O‘zbekiston | 21:43
-
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
Jahon | 21:39
-
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
Jahon | 21:25
Mavzuga oid

21:22
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

21:02
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

14:45
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi

00:46