Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Zagreb shahriga ishlash uchun borgan fuqaro YTH oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. Bemorning murakkab ahvoli sabab diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan u O‘zbekistonga olib kelingan.

Foto: dunyo.info
Elchixona xodimlari Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan fuqaroning O‘zbekistonga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatdi, deb xabar beradi Dunyo agentligi.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro N.S. 2024 yilda ishlash uchun Zagreb shahriga borgan. O‘tgan yil 29 noyabr kuni u yo‘l-transport hodisasi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan va Zagreb shahridagi markaziy shifoxonaga yotqizilgan. Bemor o‘tgan vaqt davomida doimiy tarzda shifokorlar nazoratida bo‘lgan.
Qayd etilishicha, diplomatik missiya shifokorlar va shifoxona vakillari bilan O‘zbekiston fuqarosining ahvoli yuzasidan muloqot qilib turgan. Jabrlanuvchining oila a’zolari bilan ham muloqot o‘rnatilgan va bemorning ahvoli to‘g‘risida aniq ma’lumotlar taqdim etilgan.
Bemorning murakkab ahvoli inobatga olinib, diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan Migratsiya agentligi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida yuqori malakali tibbiyot mutaxassisi Xorvatiyaga olib kelingan.
Barcha jalb qilingan tuzilmalarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari tufayli N.S. 11 aprel kuni O‘zbekistonga muvaffaqiyatli yetkazilgan. Vatanga yetib kelgach, u ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan va kerakli davolanishni davom ettirmoqda.
Avvalroq Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani, Rossiyaning Novosibirsk viloyatida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:01 / 10.07.2025
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

00:28 / 10.06.2025
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

20:36 / 05.06.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

23:26 / 19.05.2025