Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
Ekvadordagi prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari, konservator Daniel Noboa g‘alaba qozondi. Uning so‘l markazchilardan raqibi Luisa Gonsales ovoz berish natijalarini tan olmasligini aytdi.

Daniel Noboa Foto: AP / Dolores Ochoa
Ekvadorning amaldagi prezidenti Daniel Noboa prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Konservativ siyosatchi 55,5 foizdan ko‘proq ovoz to‘pladi. Uning so‘l markaziy qanotdagi raqibi Luisa Gonsales 44,5 foizdan kam ovoz to‘pladi. Bu ma’lumotlar respublika Markaziy saylov komissiyasi saytida 14 aprel, dushanba kuni saylov byulletenlarining 96,75 foizi ko‘rib chiqilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda saylovchilarning 83 foizdan ortig‘i, ya’ni 11,1 million nafari ishtirok etgan.
Gonsales allaqachon saylov natijalarini tan olmasligini aytib, ularni «eng jirkanch firibgarlik» va diktatura deb atagan. U saylov qutilarini ochish va ovozlarni qayta sanashga chaqirdi. Siyosatchining murojaati X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan.
Noboa 2023 yil oktyabr oyida, 35 yoshida prezident etib saylangan edi. Uning birinchi muddati bor-yo‘g‘i 1,5 yil davom etdi, chunki avvalgi davlat rahbari Gilermo Lasso impichment tufayli iste’foga chiqdi. Noboa bu muddatni yakuniga yetkazib qo‘ydi va endi to‘rt yillik yangi muddatga saylandi.
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

16:18 / 14.07.2025
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi

09:36 / 04.07.2025
Nyu-Yorkda musulmon nomzod demokratlar praymerizida g‘alaba qozondi

14:02 / 01.07.2025
Gurjistonda sakkiz muxolif partiya saylovlarga boykot e’lon qildi

20:41 / 03.06.2025