Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Mansur Qilichev Qohirada joylashgan Arab davlatlari uyushmasi huzuridagi Arab menejment, bank ishi va moliya akademiyasi rektori, doktor Mustafo Hodiyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Doktor Mustafo Hodiyer mamlakat bilan yaqindan hamkorlik qilish va yaqin istiqbolda akademiyaning Markaziy Osiyodagi filialini Toshkentda ochishga qiziqish bildirdi.
"Akademiya arab davlatlaridagi xalqaro moliya institutlari va yirik banklardan investitsiya jalb qilish, Yaqin Sharq moliya tizimini O‘zbekiston bilan integratsiyasini mustahkamlash, bank ishi sohasida malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, Islom moliyasi bo‘yicha hukumatga va banklarga tegishli konsultatsiyalar berishda ko‘maklashishga tayyor", dedi Mustafo Hodiyer.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Arab menejment, bank ishi va moliya akademiyasi 1988 yilda Arab banklar ittifoqi bosh assambleyasi va Arab ma’muriy rivojlanish tashkiloti tomonidan tashkil etilgan.
Akademiyaning bosh qarorgohi Qohira shahrida joylashgan. Uning Iordaniya, Suriya, Liviya, Sudan, Yaman, Falastin, Jibuti, Jazoir, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Malida filiallari bor. Akademiyada ta’lim ingliz, fransuz va arab tillarida olib boriladi.
Akademiya AACSB – Biznes ta’limi alyansi, Afrika universitetlari uyushmasi, Arab universitetlari uyushmasi va Xalqaro universitetlar uyushmasi a’zosi hisoblanadi.
Mazkur oliy ta’lim muassasasi tomonidan beriladigan diplom barcha arab davlatlarida e’tirof etiladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi

12:35 / 18.04.2025
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi

13:44 / 18.02.2025
Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi

11:04 / 17.01.2025