O‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni markirovkalash boshlanadi
Joriy yil 1 mayidan boshlab O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi sinov tariqasida ishga tushiriladi. Loyihada beshta kompaniya ishtirok etadi. Yangi tartib 2026 yil 1 maydan boshlab majburiy bo‘ladi.
O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, barcha azotli, fosforli, kaliyli va kompleks o‘g‘itlar, mikroo‘g‘itlar va brommetan (metilbromid) markirovka qilinishi belgilanyapti.
Tizim 2025 yil 1 maydan 31 oktyabrgacha tajriba asosida yo‘lga qo‘yiladi. Loyihada beshta kompaniya ishtirok etadi:
- Maxam-Chirchiq AJ;
- Swissagro MChJ;
- Ifoda Agro Kimyo Himoya MChJ;
- Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals AJ;
- Schelkova Agrohim-Oʻzbekiston QK.
2026 yil 1 maydan boshlab esa ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash majburiy bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning aprel oyida qabul qilingan prezident qarori bilan yo‘l xaritasida pestitsid va mineral o‘g‘itlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish bo‘yicha topshiriq berilgandi.
Mavzuga oid

12:21 / 12.12.2024
Sut mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi

18:32 / 06.08.2024
Qalbaki markirovkali tovarlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin

08:51 / 03.06.2024
Markirovkalash uchun zarur bo‘ladigan uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi

11:37 / 22.12.2023