Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi
U 1 gektar yer maydoni toifasini o‘zgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytib, evaziga pul olayotganida qo‘lga olindi.

Foto: Andijon viloyati prokuraturasi
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i A.M. hamda sobiq xodimi S.O. 10 ming dollar olayotganida ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ular Andijon tumanidan bog‘dorchilik uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini Respublika Kadastr palatasida ishlovchi tanishlari orqali turar joy sifatida toifasini o‘zgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytgan.
Holat yuzasidan A.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari, 28,211-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

17:40 / 24.04.2025
Andijonda zilzila yuz berdi

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

10:53 / 22.04.2025