Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi
Samarqandda malaka sinovida qatnashgan nomzod o‘qituvchining onlayn efirda hali ichkarida o‘tirgani hamda Andijonda boshqa bir nomzodning telefondan foydalanganiga oid holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Maktab vazirligiga ko‘ra, birinchi vaziyatda efirda uzilish va qotish yuzaga kelgan, shu sabab eski kadrlar ko‘ringan. Ikkinchisida esa sinovga kirgan shaxsning test natijalari bekor qilinib, jarayondan chetlashtirilgan.

O‘zbekiston bo‘ylab hozirda maktab o‘qituvchilari uchun malaka sinov imtihonlari o‘tkazilmoqda. Tarmoqlarda Samarqand viloyatida testda qatnashib chiqqan nomzodning onlayn efirda hali ichkarida o‘tirgani va bunga boshqa pedagoglarning noroziligi aks etgan video tarqaldi. Andijonda esa boshqa nomzodning telefondan foydalangani e’tirozlarni keltirib chiqardi.
Mazkur holatlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra, Samarqandda toifa sinovlari o‘tkaziladigan bino ichidagi kuzatuv kameralarining onlayn efiri uzatiladigan saytda uzilishlar yuzaga kelgan.
Vazirlik sayt RsP protokolini qo‘llab-quvvatlamagani uchun videooqim maxsus kodirovka orqali uzatilishini, translatsiya tizimida har 15 soniyada yangilanadigan video kadrlar saqlanishini aytib, sayt kompyuter brauzerida ochilgach, ko‘rsatilayotgan barcha kadrlar kesh xotirada (ya’ni vaqtinchalik xotirada) qolishini bildirgan.
“Agar internet aloqasi uzilsa, brauzer avtomatik ravishda oxirgi uzilmasdan avval ko‘rsatilgan kadrlarni ko‘rsatishda davom etadi. Bu muammoni bartaraf etish uchun sahifani oddiygina yangilash (refresh qilish) yetarli bo‘ladi. Yuqoridagi holatda esa, interaktiv panelda internet aloqasi uzilgan va natijada eski, ya’ni uzilishdan oldingi kadrlar ekranga chiqqan.
Ilova qilingan rasmdan ko‘rinib turibdiki, ushbu nomzod 52 ball to‘plab attestatsiyadan o‘ta olmagan. Shuningdek, nomzodning test jarayonida olingan rasmlari va u sinovdan ketgandan keyingi holatni ko‘rishingiz mumkin (butun jarayonning to‘liq videosi ham mavjud va u 1 yil davomida saqlanadi”,– deyiladi rasmiy xabarda.
Ikkinchi holatda esa rasmiylar telefondan foydalangan nomzodning natijalari hodisa aniqlangan kun, ya’ni 19 aprel kuni bekor qilinib, u chetlashtirilganini ta’kidlashgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirgacha toifa sinovlarida aloqa qurilmalaridan yoki boshqa vositalardan foydalangan jami 24 nafar nomzod jarayondan chetlashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
-
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri
O‘zbekiston | 21:40
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:27 / 10.07.2025