O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi
Pokiston bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharif kecha O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayevni qabul qildi.

Foto: "Dunyo" AA
Pokiston bosh vaziri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy salomini yetkazishni so‘radi hamda Toshkentga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida o‘zi va delegatsiyasiga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Hukumat rahbari, shuningdek, tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarga erishilganini, o‘zaro munosabatlar yangi bosqichga olib chiqilgani, jumladan, oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashi tuzilgani, turli sohalarda qator muhim bitim va memorandumlar imzolanganini qayd etdi.
Bosh vazir Shahboz Sharif Toshkentdan qaytgach, tegishli soha vazirlariga oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berganini bildirdi.
Iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishidagi hamkorlikni jadallashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilab olish, ikki tomonlama savdoni keskin oshirish kerakligiga e’tibor qaratildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy hamkorlik masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi. Avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, axborot texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energetika, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, infratuzilma obektlarini birgalikda bunyod etish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tildi.
Ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida bevosita muloqot platformasini shakllantirish, banklararo operatsiyalarni yanada soddalashtirish, muntazam asosda biznes-forumlar va hududlararo hamkorlik tadbirlarini o‘tkazishning muhimligi qayd etildi.
Transafg‘on temir yo‘li qurilishini jadallashtirish, o‘zaro aviaqatnovlar soni oshirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish, turizm va madaniy tadbirlarni tashkillashtirish mintaqaviy bog‘liqlik tashabbusini hayotga tatbiq etishning uzviy qismlari hisoblanishiga urg‘u berildi.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. Kambeklarga boy bo‘lgan uchrashuvda "Inter" "Barselona"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:38
-
Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalarini berdi - video
Jahon | 01:59
-
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
Jahon | 01:17
-
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
Jahon | 00:35
Mavzuga oid

01:59
Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalarini berdi - video

17:28 / 06.05.2025
Toshkent va Pokiston poytaxti o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

15:50 / 06.05.2025
Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi

21:40 / 04.05.2025