Toshkentda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkaziladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Toshkent shahrida o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Najat Maalani qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomini yetkazdi.
BMT institutlari, xususan, Maxsus vakil ofisi bilan bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘p qirrali sheriklikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Maxsus vakil O‘zbekiston yetakchisining bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, xotin-qizlar va bolalarni mojaroli hududlardan qaytarish, bolalar mehnatiga barham berish borasidagi samarali islohotlarini yuqori baholadi.
Bola huquqlariga oid xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik va milliy institutlar faoliyatini takomillashtirish masalalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, Toshkent shahrida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy konferensiya va BMT bosh qarorgohida O‘zbekistonning amaliy tajribasi bilan tanishish bo‘yicha davra suhbatini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

12:18 / 10.05.2025
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025