Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Hindiston Pokistonni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganlikda aybladi.

Foto: Videodan kadr
Jammu va Kashmir poytaxti Srinagarda portlash ovozlari eshitildi, deb xabar berdi hudud bosh vaziri Umar Abdulla ijtimoiy tarmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.
«Bu o‘t ochishni to‘xtatish rejimi emas. Srinagar markazidagi havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari hozirgina o‘t ochdi», deb yozdi u.
The Indian Express xabariga ko‘ra, Pokiston chegara bo‘ylab bir qancha joylarni o‘qqa tutgan va minomyotlardan o‘t ochgan. Xususan, nashr manbalariga ko‘ra, Udhampur shahri hujumga uchragan, Jammu va Kashmir va Rajahstan shtatlarida dronlar kuzatilgan. Oqibatda Panjob shtati chegara hududlarida elektr energiyasi uzilib qolgan.
Hindiston tashqi ishlar vaziri Vikram Misri so‘nggi bir necha soat ichida Pokiston tomonidan «kelishuvni qayta-qayta buzish» sodir bo‘lganini aytdi.
«Qurolli kuchlar bu qoidabuzarliklarga munosib javob bermoqda va biz buni juda jiddiy qabul qilamiz. Biz Pokistonni bu qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun tegishli choralar ko‘rishga hamda vaziyatga jiddiy va mas’uliyat bilan qarashga chaqiramiz», dedi u va armiyaga «har qanday keyingi hujumlarning oldini olish uchun mas’uliyat bilan» ko‘rsatma berilganini qo‘shimcha qildi.
10 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan boshlab Hindiston va Pokiston o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi e’lon qilindi. Bu haqda dastlab AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, keyinroq Nyu-Dehli va Islomobod tasdiqladi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro 7 mayga o‘tar kechasi qizg‘in pallaga kirdi. Hodisaga Nyu-Dehli nazorati ostidagi, biroq Islomobod da’vo qilayotgan Jammu va Kashmirdagi terakt sabab bo‘ldi. Hindiston Pokistonda joylashgan «Lashkari-Toyba» tashkiloti bilan aloqador bo‘lgan Qarshilik frontini (TRF) 26 kishini otib tashlaganlikda aybladi. Shuningdek, Nyu Dehli voqeaga Islomobod aloqador ekanini ta’kidladi, biroq, u buni rad etdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

19:02
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

16:48
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

10:41 / 08.07.2025
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti

08:22 / 08.07.2025