Jahon | 15:51 / 30.03.2025
14371
4 daqiqa o‘qiladi

Myanma va Tailanddagi kuchli zilzila oqibatlari - fotosuratlar

Qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda: so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Myanmaning o‘zida qurbonlar soni 1700 nafarga yetgan va bu miqdor oshishda davom etishi kutilmoqda. Aholi xarobalar ostidan o‘z yaqinlari va qo‘shnilarini izlamoqda.

Myanmada 28 mart kuni ro‘y bergan zilzila va aftershok qurbonlari soni 1700 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat boshqaruvidagi harbiy xunta rahbari Min Aung Hlayng Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot chog‘ida ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yana 3,4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, 300 nafar atrofidagi kishi bedarak ketgan. Myanmada qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan, hukumat xalqaro hamjamiyatga ko‘mak so‘rab murojaat qilgan. Yer silkinishi Tailand va Xitoyda ham sezilgan, xususan Katta Bangkok aglomeratsiyasi hududiga ham katta talafot yetkazgan, poytaxtda qulagan binolar xarobalarini tozalash ishlari davom ettirilmoqda. Bangkokdagi rasmiylarga ko‘ra, Tailanddagi zilzila oqibatida yigirmaga yaqin kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralangan, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Ikki mamlakatda ham qurbonlar soni yanada oshishi mumkinligi istisno etilmayati. «Meduza» Myanma va Tailanddagi vayrongarchilik aks etgan suratlarni jamladi.

Myanma

Myanmaning ikkinchi yirik shahri Mandalaydagi zilziladan keyin vayron bo‘lgan Maha Miat Muni ibodatxonasi. Zilzila epimarkazi unga yaqin joylashgandi. 2025 yil 28 mart
EPA / Scanpix / LETA
Mandalay aholisi vakillari vayronalar orasidan omon qolganlarni qidirmoqda. 2025 yil 29 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Zilzila qurbonlari Myanma poytaxti Neypido shifoxonasi hovlisida. 2025 yil 28 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Neypido aholisi vakillari Milliy muzey hududida. 2025 yil 28 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Omon qolganlarni izlab, shikastlangan binolarga chiqayotgan odamlar. Mandalay, 2025 yil 29 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Mandalayda qulab tushgan bino. 2025 yil 28 mart
AFP / Scanpix / LETA
Mandalaydagi vayron bo‘lgan Sky Villa Condominium turar joy kompleksi hududida ishlayotgan qutqaruvchilar. OAV xabariga ko‘ra, qulab tushgan bino xarobalari ostida 90 dan ortiq kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Qutqaruv xizmati xodimlari qulab tushgan Sky Villa Condominium hududida. 2025 yil 29 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Mandalay yaqinidagi Chjausxi hududidan o‘tgan yo‘l vayron bo‘lgan. 2025 yil 29 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Mandalayda vayron bo‘lgan ko‘prik
Foto: Satellite image (c) 2025 Maxar Technologies/Getty Images

Tailand

Bangkokda zilzila oqibatlari
Foto: AP/TASS
Bangkokda qulagan bino hududida qutqaruv ishlari, Tailand. 2025 yil 29 mart
Chalinee Thirasupa / Reuters / Scanpix / LETA

 

Qutqaruvchilar Bangkokda xarobalar ostidan halok bo‘lgan kishining jasadini olib chiqmoqda. 2025 yil 29 mart
Rungroj Yongrit / EPA / Scanpix / LETA
Bangkokda qulagan bino hududida ishlayotgan qutqaruvchi. 2025 yil 29 mart
Chalinee Thirasupa / Reuters / Scanpix / LETA
Bangkokdagi Phloen Chit Tower osmono‘par binosida zilziladan keyin yuzaga kelgan yoriq. 2025 yil 29 mart
Andre Malerba / Bloomberg / Getty Images
Bangkoklik kishilar zilziladan bir kun o‘tib Chatuchak parkida uxlamoqda. 2025 yil 29 mart
Chanakarn Laosarakham / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid