Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
FVV sunami xavfi e’lon qilgan.
Tinch okeanidagi Kamchatka yarimoroli qirg‘oqlarida davomli zilzilalar sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining mahalliy filiali 20 iyul kuni.
Rossiya Fanlar akademiyasi geofizika xizmati mahalliy vaqt bilan soat 18:28 da (Toshkent vaqti bilan vaqti bilan 08:28 da) 6,7 magnitudali birinchi kuchli silkinishni qayd etdi. Biroz o‘tgach, mahalliy vaqt bilan soat 18:48 da (Toshkent vaqti bilan soat 08:48) 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yana taxminan 20 daqiqadan so‘ng 6,7 magnitudali navbatdagi zilzila kuzatildi.
Har uchala zilzila ham Petropavlovsk-Kamchatskiydan 160-169 kilometr uzoqlikda qayd etilgan. Uchala holatda ham zilzila o‘chog‘i besh kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Avvaliga Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Kamchatka filiali zilzilalardan birining maksimal magnitudasi 7,6 ni tashkil etganini ma’lum qildi, ammo keyin mutaxassislar bu ma’lumotlarga aniqlik kiritdi – hozirda 7,2 magnitudali zilzila haqida xabar berilmoqda. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qilishicha, zilzilalardan biri 7,6 magnitudali bo‘lgan. Shu bilan birga, AQSh Geologiya xizmati saytida Kamchatka qirg‘oqlarida maksimal 7,4 magnitudali bir nechta zilzila sodir bo‘lgani aytilgan.
Keyingi soatlarda seysmologlar 4,2 dan 6,3 gacha bo‘lgan o‘ndan ortiq takroriy silkinishlarni qayd etishdi.
Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, zilzila paytida uylar qattiq silkinib, xonadonlardagi mebellar qulab tushgan. Baza Baza’ning yozishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.
Kamchatkadagi bir necha aholi yashash punktlari uchun sunami xavfi e’lon qilingan. FVV ma’lumotiga ko‘ra, to‘lqin balandligi 60 santimetrni tashkil etishi mumkin. «Sohilga yetib kelishi mumkin bo‘lgan to‘lqinlarning balandligi yuqori emas. Lekin qirg‘oqdan uzoqlashish kerak. Hech qachon qirg‘oqqa borib, sunamini tomosha qilishga urinmang. Bu xavfsiz bo‘lmasligi mumkin!» – deyiladi FVV xabarida.
Region gubernatori Vladimir Solodov o‘z telegram-kanalida birinchi to‘lqinning kelish vaqti o‘tgani – hech bir aholi punktida sunami kuzatilmaganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrdagi qadimiy qo‘lyozmalar O‘zbekistonda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:43
-
Sandu Rossiyani Moldovadagi saylovlarga aralashishni rejalashtirganlikda aybladi
Jahon | 09:41
-
O‘zbekiston va Vengriya qishloq joylarni raqamlashtirishni birga amalga oshiradi
O‘zbekiston | 09:34
-
Rossiyada Speedtest internet tezligini tekshirish servisi bloklandi
Jahon | 08:57
Mavzuga oid

14:11 / 31.07.2025
Ashxobodning vayronaga aylanishidan Andijondagi fojiagacha – yaqin tarixdagi eng dahshatli zilzilalar

10:30 / 31.07.2025
Kamchatka yaqinida 6,3 magnitudali takroriy zilzila yuz berdi

17:11 / 30.07.2025
Sunami xavfi: Yaponiyada 2 mln kishi evakuatsiya qilinmoqda, Havayida suv sathi ko‘tarilmoqda

15:26 / 30.07.2025