Hafta oxirida havo ilishi kutilmoqda
29–31 mart kunlari O‘zbekiston bo‘ylab iliq va quruq ob-havo kuzatiladi, faqat tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kunduzi harorat +19…+22 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz
29–31 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, faqat 29 martda ayrim tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 30–31 mart kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati kechalari +3...+8 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa +19...+22 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarda +23...+26 darajagacha isiydi.
Toshkentda 29–31 mart kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechalari +5...+8 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +20...+22 darajagacha ko‘tariladi.
Bugun respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘lishi saqlanib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +10...+15 darajani tashkil etadi.
Mavzuga oid

13:18 / 30.03.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

17:50 / 29.03.2025
Ramazon hayiti kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berildi

16:26 / 27.03.2025
Aprelda ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?

13:58 / 24.03.2025