Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 mln dollarlik qadimiy tangalar kolleksiyasi auksionga qo‘yiladi
Kolleksiya yevropalik erkakka tegishli bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi davrida u 15 mingga yaqin tangani yer ostiga ko‘mib qo‘ygan.

Foto: Numismatica Ars Classica
15 mingga yaqin qadimiy oltin va kumush tangalardan iborat kolleksiya Numismatica Ars Classica (NAC) kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot 100 mln dollarga baholanmoqda, deb yozadi Financial Times.
Tangalar ismi oshkor etilmagan yevropalik erkakka tegishli bo‘lib, u ularni 1930 yillardan to‘play boshlagan. Ikkinchi jahon urushi davrida kolleksioner tangalarni o‘z bog‘iga ko‘mib qo‘ygan. Xazina 50 yildan ziyod yer ostida turgan.
Erkak tangalarning aksariyatini sigaret qutilariga joylashtirib, so‘ng ularni alyuminiy qutilarga berkitgan. Kolleksioner xazinaning qayerdaligini faqat xotiniga aytgan, natsistlar Yevropaga bostirib kelganidan keyin erkak insultdan vafot etgan.
Uning rafiqasi 1990 yillarning o‘rtalariga kelib tangalarni qazib olishga ahd qilgan. Keyinchalik u xazinani ro‘yxatga olish va baholash uchun NAC tashkilotiga murojaat qildi. Auksion uyi rahbari Arturo Russoning aytishicha, to‘plamni kataloglarga kiritish jarayoni bir yildan ortiq vaqtni olgan.
To‘plamda Britaniya soverenlaridan tortib Muqaddas Rim imperiyasining 1,4 million dollar qiymatidagi 100 dukatlik oltin tangasigacha bo‘lgan eksponatlar mavjud. Ularning orasida bir donasi 1000 funt sterlingdan sal arzonroq sotilishi mumkin bo‘lgan tangalar ham bor.
To‘plamning umumiy narxi bu kabi lotlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. NAC ularni to‘rt yil mobaynida bosqichma-bosqich 15 ta kimoshdi savdosiga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Birinchi savdo 20 may kuni o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
-
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
Jahon | 19:21
-
Eron va Iroq xavfsizlik borasida kelishuv imzoladi
Jahon | 18:57
-
Tramp aqliy imkoniyat testini “a’lo”ga topshirganini aytdi
Jahon | 18:53
Mavzuga oid

15:47 / 24.05.2025
AQShda bir sentlik tangalarni chiqarish to‘xtatiladi

21:57 / 02.05.2025
Texasda 8 mln dona tanga avtomobil yo‘liga sochilib ketdi - video

10:05 / 20.03.2025
Buyuk Britaniyada ideal darajada dumaloq tuxum auksionda sotildi

18:25 / 10.02.2025