Buyuk Britaniyada ideal darajada dumaloq tuxum auksionda sotildi
Ta’kidlanishicha, bunday tuxum milliard dona orasidan bitta uchraydi.

Foto: Bearnes Hampton Littlewood Auctioneers
Buyuk Britaniyadagi kimoshdi savdosida juda noyob va ideal darajada dumaloq shaklga ega tovuq tuxumi 550 dollarga sotildi. Bu haqda New York Post xabar berdi.
Savdo tashkilotchilari ushbu tuxumni “milliard donadan bitta” deb atadi. Uni Rojdestvo bayrami arafasida Fenton fermasidan topib olishgan. Ferma ishchisi Elison Grin odamlarning tuxumga pul taklif etishi jarayonini katta hayajon bilan kuzatganini aytdi. Ayol barcha savdo ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Sotuvdan tushgan mablag‘ jinsiy zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabat qurbonlarini qo‘llab-quvvatlovchi Devon Rape Crisis xayriya jamg‘armasiga yo‘naltirildi. Noodatiy mahsulotni kim sotib olgani oshkor qilinmadi.
Avvalroq Nyu York hayvonot bog‘i pingvin va jirafalar tomonidan chizilgan rasmlarni kimoshdi savdosiga qo‘yishi haqida xabar berilgandi. To‘plangan mablag‘ hayvonot bog‘i va jonivorlarning ehtiyojlariga sarflanadi.
Mavzuga oid

11:51
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

19:56 / 07.05.2025
Britaniyada 400 yil ichida ilk bor yovvoyi qunduz aniqlandi

23:51 / 06.05.2025