Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi
Yaponiyada sud 89 yoshli Ivao Hakamataga deyarli yarim asr davom etgan nohaq qamoq uchun 217 mln iyena (taxminan 1,4 mln dollar) tovon puli to‘lash haqida qaror chiqardi.

Foto: Kyodonews
Kyodonewsʼning Hakamata advokatlariga tayanib yozishicha, mazkur summa shu paytgacha Yaponiyada jinoyat ishi uchun tovon puli sifatida berilgan eng yirik miqdor hisoblanadi.
Tovon puli u jinoyatni sodir etganlikdagi ayblovdan oqlanganidan so‘ng, joriy yil yanvaroyida talab qilingan edi. O‘tgan yilning oktyabr oyida uning oqlanishi rasman tasdiqlandi va bu uning oilasi uchun o‘nlab yillar davom etgan kurashda qozonilgan g‘alaba bo‘ldi. Hakamata Shizuoka prefekturasida 1966 yil sodir bo‘lgan to‘rt nafar inson o‘limi bilan bog‘liq ish bo‘yicha o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.
Qariyb 48 yil qamoqda o‘limga hukm qilinganlar kamerasida saqlanganligi tufayli Hakamataning ruhiy holati og‘irlashgan va u bilan muloqot qilish qiyinlashgan. Shu sababli uning himoyachisi sifatida faoliyat yurituvchi advokat tovon puli so‘rab murojaat qilgan.
Yaponiyaning Jinoiy tovonlar to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, oqlangan shaxs qamoqda bo‘lgan har kuni uchun 12 500 iyengacha tovon olish huquqiga ega. Sud tovon miqdorini qamoqda o‘tkazilgan vaqt va bu fursat ichida ozodlikda qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan ehtimolli daromadlar kabi omillar asosida belgilaydi.
Advokatlar maksimal miqdorda tovon to‘lashni talab qildilar. Ular ta’kidlashicha, «uning ruhiy va jismoniy azoblari, shuningdek o‘lim jazosi xavfi ostida yashashi unga beqiyos og‘riq va ziyon keltirgan».
«U 30 yoshida qamalgan va bu inson hayotidagi eng samarali davr hisoblanadi. Shunday ekan, uning yo‘qotgan daromalari ham katta», — deyiladi advokatlar bayonotida.
Hakamata 1966 yilda mis ishlab chiqaruvchi zavodning boshqaruv direktori, uning rafiqasi va ikki farzandini o‘ldirganlik ayblovi bilan hibsga olingan. 1968 yil sentabr oyida Shizuoka okrug sudi tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilingan. 1980 yil dekabrda Yaponiya Oliy sudi bu hukmni tasdiqlagan.
Sobiq professional bokschi bo‘lgan Hakamata 47 yil va yetti oy qamoqda o‘tirgan. U 2014 yil mart oyida ozod etilgan. Bu vaqtga kelib, ish bo‘yicha yangi dalillar paydo bo‘lib, uning aybdorligiga shubha tug‘ilgan va qayta sud jarayoni boshlangan.
2023 yil sentabr oyida Shizuoka sudi Hakamata oqlagan. Sud tergovchilar dalillarni soxtalashtirganini tan olgan. Prokurorlar bu qaror ustidan shikoyat qilishdan bosh tortishgan.
Ivao Hakamata Ginnes rekordlar kitobida dunyodagi eng uzoq muddat o‘lim jazosiga hukm qilinib, qamoqda saqlangan inson sifatida qayd etilgan.
Mavzuga oid

20:51 / 28.03.2025
Yaponiyada Fuji vulqoni otilganda ko‘riladigan choralar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

20:45 / 27.03.2025
Olimlar tug‘ma karlikni davolash usulini topdi

20:43 / 24.03.2025
Yapon restorani aksiyalari narxi sho‘rvadagi o‘lik kemiruvchidan so‘ng tushib ketdi

12:15 / 24.03.2025