Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya ommaviy tarzda KXDRdan shifokorlarni stajirovkaga qabul qilmoqda
Rossiya kardiologiya va onkologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha Moskvadagi yetakchi tibbiyot markazlarida stajirovka o‘tashi uchun shimoliy koreyalik shifokorlarni faol qabul qilmoqda.

Foto: Wikipedia
Bu haqda Rossiyaning Pyongyangdagi elchixonasi o‘zining Facebook sahifasida xabar berdi. Ma’lumotga ko‘ra, Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Matsegora KXDR sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Chon Sol Ren bilan uchrashgan.
Ikki mamlakat Shimoliy Koreya farmatsevtika sohasini modernizatsiya qilishda Rossiya tomonidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Xususan, zamonaviy antibiotiklar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilinadi. Shuningdek, Shimoliy Koreyada yangi tibbiyot muassasalarini tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Chon Rossiya tomoni bilan ba’zi shimoliy koreyscha tibbiyot yutuqlari bilan bo‘lishishga tayyor ekanini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu tibbiyot «juda yuqori samara» ko‘rsatishi mumkin.
Ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi aloqalar tobora faollashmoqda. 2023 yil kuzida Rossiyada Pyongyangdagi «Pugang» farmatsevtika zavodining vakolatxonasi ochildi. Shundan so‘ng KXDRda ishlab chiqarilgan biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) rasman marketpleyslarda sotuvga chiqarildi.
Masalan, «Kumdan-2» deb ataluvchi preparat — «olti yillik keson jyensheni» asosidagi in’yeksion zardob bo‘lib, go‘yoki u nodir yer moddalariga boy tuproqda yetishtirilgan ekan. Sotuvchilar ushbu preparatni yoshartirish, to‘qimalarni qayta tiklash va immunitetni oshirish xususiyatiga ega, deb ta’riflashmoqda. Uning uch qutisining narxi 7 ming rublgacha yetadi.
«Ostorojno, novosti» nashri muxbiri ushbu kompaniya raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, preparatning salomatlik uchun xatarli-xatarsizligi haqida so‘radi. Kompaniya vakili: «O‘z joningiz hisobiga foydalaning. Men shifokor emasman. Zavodning o‘zi [nojo‘ya ta’sirlar]ni noaniq tasvirlaydi», — deb javob bergan.
Nashr so‘rovnomasida ishtirok etgan rossiyalik farmatsevtlar bu kabi koreyscha BFQlar haqida hech qachon eshitmaganini bildirishdi. Yevropalik dorixona mutaxassislari esa bu dori vositalarini aksililmiy, deb atashdi. Janubiy Koreyada o‘tkazilgan ekspertiza natijasida, ampulalar faqat og‘riq qoldiruvchi prokayn (novokain) moddasini o‘z ichiga olishi aniqlangan. Undan boshqa moddalar aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01 / 24.07.2025
Mavzuga oid

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

10:34 / 14.07.2025
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi

18:58 / 13.07.2025