Internetga qarab o‘z ko‘richagini kesmoqchi bo‘lgan hindistonlik og‘ir ahvolga tushib qoldi
Uttar-Pradesh shtatidagi Mathura shahrida yashovchi 32 yoshli Rajababu Kumar hech qorin sohasidagi to‘xtamayotgan og‘riqdan charchab, shifokorlarga murojaat qilish o‘rniga o‘zini o‘zi operatsiya qilishga urindi.

Foto: Times of India
Uni ancha vaqt ko‘richak og‘rig‘i bezovta qilgan. Uni kesib tashlash uchun internet va YouTube orqali jamlagan ma’lumotlar asosida shunday xavfli qaror qabul qildi, deb yozmoqda Times of India.
O‘tgan haftaning chorshanba kuni kechqurun u o‘z uyidagi xonasini ichkaridan berkitib olib, og‘riqni sezmaslik uchun mahalliy anesteziya qilgan. Keyin qornining pastki o‘ng qismini taxminan 7 santimetr uzunlik, 18 santimetr chuqurlikda kesadi. Biroq pichoq kutilganidan chuqurroq kirib ketgani uchun og‘riq yanada zo‘raygan va kuchli qon ketish boshlangan.
Rajababu yaraga 10–12 ta chok qo‘yishga harakat qilgan, lekin choklar noto‘g‘ri qo‘yilgani sababli qon to‘xtamagan. Shunda u og‘ir ahvolidan oila a’zolarini boxabar qilgan. Hayrat va dahshatga tushgan qarindoshlari uni darhol Mathura tuman kasalxonasiga yetkazishgan.
Mathura kasalxonasi shifokori Shashi Ranjanning ma’lum qilishicha, bemor o‘zining qorin qismini 7x1 santimetrgacha kesgan. Ammo choklar noto‘g‘ri qo‘yilgani uchun yara yaxshi yopilmagan. Unga zarur jarrohlik operatsiyasi qilingach, og‘ir ahvolda Agradagi yirik tibbiyot muassasasiga ko‘chirilgan.
Jayt tumani politsiya bo‘limi rahbari Ashvini Kumarning so‘zlariga ko‘ra, shifoxona vakili ushbu hodisa haqida politsiyani xabardor qilgan. «U juda og‘ir ahvolda bo‘lgan, lekin hushyor edi», — dedi u.
Rajababuning qarindoshi Raxul Kumarning aytishicha, u avval ham ko‘richak bo‘yicha operatsiya qildirganini doimo aytgan va shu atrofdagi og‘riqdan noligan.
«U jarrohlik buyumlarini o‘zi xarid qilgan. Keyin qornini kesib, o‘zini operatsiya qilgan. Og‘riqni bosish uchun o‘ziga ukol qilgan bo‘lishi mumkin. Lekin og‘riq haddan kuchaygach, tashqariga chiqib, bizni chaqirdi», — deydi oila a’zosi.
Hozirda Rajababuning ahvoli juda og‘ir. Mahalliy hokimiyat organlari ushbu voqeani o‘rganishni boshladi.
Mavzuga oid

20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi

11:39 / 25.03.2025
O‘zbekiston hindistonlik sayyohlar sonini uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda

20:10 / 16.03.2025
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

00:10 / 13.03.2025