Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
Kompaniya nomi X’ga o‘zgarganidan so‘ng ushbu belgi San-Fransiskodagi sobiq bosh ofisdan olib tashlangandi.

Foto: AP
RR Auction kimoshdi savdosida sobiq Twitter’ning moviy qush ko‘rinishidagi logotipi 34 375 dollarga sotildi. Ijtimoiy tarmoq nomi X’ga o‘zgarganidan so‘ng ushbu belgi kompaniyaning San-Fransiskodagi sobiq bosh qarorgohidan olib tashlangandi.
RR Auction xabariga ko‘ra, sotilgan logotipning o‘lchamlari 3,7 metrga 2,7 metr, og‘irligi esa 254 kilogrammni tashkil etadi. Xaridorning ismi oshkor qilinmagan.
Avval Ilon Mask sobiq Twitter ofislaridagi mebellar va professional oshxona jihozlarini kimoshdi savdosiga qo‘ygan edi.
Ijtimoiy tarmoqni sotib olganidan keyin Mask ofis ijarasi va shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan, deb yozadi ABC News. Shuningdek u xodimlar sonini keskin qisqartirgan.
OAVga ko‘ra, Mask sobiq Twitter buyumlarini sotish orqali kompaniyaning avvalgi rahbariyati qilgan ortiqcha xarajatlarni ko‘rsatib berishni istagan. Shuningdek, Mask kompaniya xarajatlarini qisqartirish o‘zi uchun ustuvor maqsad ekanini namoyish etmoqchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil aprel oyida Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib oldi. 2023 yil iyul oyida u ijtimoiy tarmoq nomini va logotipini X’ga o‘zgartirdi.
Mavzuga oid

17:58 / 20.03.2025
AQSh Milliy temiryo‘l yo‘lovchi korporatsiyasi rahbari Ilon Mask sabab iste’foga chiqdi

07:44 / 19.03.2025
Tesla Cybertruck yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatdi - mashinaning kuzov qismlari uzilib tushmoqda

21:25 / 18.03.2025
Tramp o‘z qarorgohida 1 million dollarlik shaxsiy kechki ovqatni tashkil qildi

18:03 / 15.03.2025