Shoir taxallusi bilan atalgan tuman - Furqatga sayohat
Kun.uz mamlakatning turli hududlarida bo‘lib, odamlar hayoti bilan yaqindan tanishishda davom etadi. Bu safargi manzil Farg‘ona viloyatining Furqat tumani bo‘ldi.
Furqat — Farg‘ona viloyatidagi tuman. 1992 yil 9 aprelda tashkil etilgan. Furqat Beshariq va O‘zbekiston tumanlaridan ajrab chiqqan. Shimoldan Tojikiston Respublikasi, Dang‘ara, Beshariq va O‘zbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,31 ming km².
Aholisi 125 ming kishi. Markazi — Navbahor shaharchasi. Furqat tumaniga 2024 yilning avgust oyidan beri Elyor Asronqulov hokimlik qilib keladi.

Furqat markazida bo‘lib, aholidan tuman nega bunday nomlanishini, furqatliklar o‘z hokimlarini tanish-tanimasligi, ularni qiynayotgan muammolar haqida ham so‘radik.
Bozordagi sotuvchilar bilan suhbatlashib ularning topayotgan kunlik daromadi haqida so‘raganimizda non sotuvchi xola yig‘gan puliga o‘g‘liga mashina olib berganini aytdi.
Yasagan naqshinkor ayvon-u ustunlari bilan butun respublikaga mashhur bo‘lgan O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusov ham Furqat tumanida yashaydi.
Aksariyat aholi tuman muammosi sifatida markazda hordiq chiqarish uchun jamoat parki yo‘qligi, shuningdek, chorva bozori ham faoliyat yuritmasligi sabab O‘zbekiston va Beshariq tumanlariga borishlari haqida aytdi.
Furqat tumani hokimi o‘rinbosari Zarifaxon Alixo‘jayeva bu muammolar yaqin vaqt ichida hal etilishini bildirdi.
Kun.uz boshqa tumanlarga ham borib, odamlar hayoti bilan yaqindan tanishishda davom etadi.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov.
Mavzuga oid

16:34 / 20.04.2021
Furqat tumaniga yangi hokim tayinlandi

14:45 / 07.10.2020
«Qizil» hudud deb topilgan Furqat tumanida ham hokim va sektor rahbarlari uzr so‘radi

16:43 / 14.10.2019
«Qop-qop va'dalar qopning ichida qolmoqda». Furqat tumanidagi qo‘rg‘onchaliklar suvsizlikka mahkum

13:35 / 13.06.2018