Jamiyat | 18:00
2682
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Levi's®ʼning O‘zbekistonga qaytishi: yangi konsepsiya, yangi qarash

Foto: Levi's

21 mart kuni, Navro‘z bayramida Levi's® brendi rasman O‘zbekistonga qaytadi. Uzoq tanaffusdan so‘ng kompaniya to‘liq yangilanishdan o‘tdi va endi yangi jamoa boshchiligida o‘z eshiklarini moda ixlosmandlari uchun qayta ochmoqda.  

Levi's® qayta ishga tushirilishining asosiy farqi – bu O‘zbekiston bozorida ilgari taqdim etilmagan noyob konsepsiya va dizaynerlik yondashuvi. Yangi Levi's® – shunchaki kiyim-do‘kon emas, balki moda, san’at va innovatsiyalar bilan boyitilgan haqiqiy fashion-makon bo‘ladi.  

Levi's® yangi formatda: kiyimdan ham ko‘proq

Levi's®  qaytishi bu – faqat brendning qayta ochilishi emas, balki uning falsafasining to‘liq yangilanishidir. Yangi jamoa jahon trendlaridan ilhomlanib, ularni aynan O‘zbekiston auditoriyasiga moslashtirdi. Asosiy g‘oya – kiyim shaxsiy ifodaning davomiga aylanishi va har bir xaridor o‘ziga mos uslubni topishi mumkin bo‘lgan makonni yaratishdir.  

Yangi Levi's®ʼning asosiy o‘ziga xosliklari:

Dizaynga tamoman yangi yondashuv – kolleksiyalar zamonaviy moda yo‘nalishlarini hisobga olgan holda yaratilgan, lekin o‘ziga xoslikni saqlab qolgan.  
Eksklyuziv materiallar va sifatli fasonlar - qulaylik va dizaynga alohida urg‘u berilgan.  
Konseptual do‘kon intereri - har bir detal muhim ahamiyatga ega.  
Cheklangan kolleksiyalar - bu mahsulotlarni oddiy do‘konlardan topish qiyin.  

Tashkent City Mall - yangi Levi's® uchun ideal joy

Yangi Levi's®ʼning ochilishi uchun Tashkent City Mall tanlandi. Bu nafaqat O‘zbekistondagi eng yirik savdo markazlaridan biri, balki modasevarlar va trend kuzatuvchilari uchun eng muhim manzillardan biri hisoblanadi.  

📍 Nima uchun aynan Tashkent City Mall?

Dunyoning yetakchi brendlari shu yerda joylashgan – bu esa Levi's®ʼning moda ixlosmandlari e’tibor markazida bo‘lishini ta’minlaydi.  
Innovatsion interer va zamonaviy dizayn - bu yangi Levi's® konsepsiyasi bilan uyg‘unlashadi.  

Foto: Levi's

Navro‘z va yangi boshlanish

Ochilish sanasi bejiz tanlanmagan – 21 mart, Navro‘z bayrami kuni. O‘zbek madaniyatida bu kun yangilanish, qayta tug‘ilish va yangi davr boshlanishi bilan bog‘liq. Aynan shuning uchun Levi's® ochilishi ham O‘zbekiston bozoridagi yangi davr boshlanishini ifodalaydi.  

Tadbir mehmonlari yangi kolleksiyadagi eksklyuziv mahsulotlarni birinchilardan bo‘lib xarid qilish, shuningdek, bayramona muhitdan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  

Ochilishga bag‘ishlangan maxsus aksiyalar:

1 dona mahsulot xaridida - 10% chegirma
2 dona mahsulot tanlovida - 15% chegirma
3 dona mahsulot xaridida - 20% chegirma

21 mart kuni Tashkent City Mall, 1-qavatdagi Levi's® ochilishini o‘tkazib yubormang - yangi fashion-tarixning bir qismiga aylaning!

📌 Levi's® yangiliklari va maxsus takliflarini kuzatib boring:

Telegram: https://t.me/uzbekistanlevis

Instagram: @lev__uzbekistan

Facebook:https://bit.ly/42gZnZ6

Mavzuga oid